Falastinning Ramalla shahrida bundan roppa-rosa 20 yil oldin ikki isroillik harbiy falastinlik arab olomoni tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi. Ikki marhum – Vadim Nurjis va Yosef Avraami jangovar bo‘lmagan zaxiradagi harbiylar edi. Isroillik harbiylar dastlab Ramalla shahrida qo‘lga olinib, politsiya mahkamasiga olib ketildi. Shundan so‘ng mahkama oldida to‘plangan olomon uni buzib kirishga muvaffaq bo‘ldi va dovrug‘i olamga mashhur bo‘lgan vahshiyliklar boshlandi.
Hammasi qanday boshlandi?
2000-yilning 27-sentabrida Iordan daryosining g‘arbiy sohili va G‘azo sektorida falastinlik arablarning Isroil hukumatiga qarshi “Al-Aqsa Intifada” yoki “Ikkinchi Intifada” (birinchisi 1987-yilda bo‘lib o‘tgan) nomli qurolli qo‘zg‘oloni boshlandi. Ushbu qo‘zg‘olonning birinchi kunidayoq terroristik hujumlar va to‘qnashuvlar natijasida olti yahudiy, shu jumladan, harbiy xizmatchilar o‘ldirildi, ko‘plab odamlar jarohatlandi. Urushning birinchi haftasi yakuniga ko‘ra, Isroil armiyasi va politsiyasi harakatlari natijasida jang va ommaviy tartibsizliklardagi qurbonlar soni uch xonalik raqamga aylanadi – yuzlab isroillik va falastinlik arablar.Isroil mudofaa kuchlari vakilining so‘zlariga ko‘ra, armiya haddan tashqari bosiqlik ko‘rsatgan va faqat javoban yoki askarlar hayotiga tahdid bo‘lgan hollarda o‘q ochildi. Bundan tashqari, doimiy hujumlarga qaramay, armiya mudofaa pozitsiyasida qoldi va asosan arablar yashaydigan joylardan tashqariga chiqarildi, ulardagi vaziyatni nazorat qilish Falastin ma’muriyatining xavfsizlik kuchlari qo‘lida edi.
Linch sudi
2000-yilning 12-oktabr sanasida qo‘zg‘olonlarning ikkinchi haftasi ketayotgan edi. Bu vaqtda ikki Isroil armiyasi haydovchilari – Vadim Nurjis va Yosef Avraami Falastinning Ramalla shahriga adashib kirib qolishadi. Ular Falastin milliy administratsiyasi (FMA) tomonidan qo‘lga olinadi.Ko‘plab manbalarda ta’kidlanishicha, harbiylar Ramallaga xato tufayli kirib qolgan, ular bir burilishda noto‘g‘ri tomonga qayrildi. Ammo boshqa variantlar ham bor – asl kelib chiqishi isroillik bo‘lgan siyosatshunos olim Ahron Bregmanning so‘zlariga ko‘ra, askarlar bir kun oldin Isroil armiyasi tomonidan o‘qqa tutilgan 17 yoshli o‘spirinning dafn marosimini kutib olish uchun otlangan va ular Isroil tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxslarni hibsga olish maqsadida arablar niqobini olgan, keyin esa ularni Falastin milliy administratsiyasi qo‘lga olgan. Haqiqatni biluvchi ikki kishi vafot etgan ekan, bu boradagi taxminlar shunchaki variant sifatida qolaveradi.
Isroillik ikki kishi ushlanganidan so‘ng Ramallada yana ikki kishi (jami to‘rt kishi) ushlangani haqida xabarlar chiqa boshlaydi, lekin bu o‘z tasdig‘ini topmaydi. Politsiya mahkamasida ikki yahudiy saqlanayotgani haqida gaplar shahar bo‘ylab tezlik bilan yoyiladi. Bundan xabar topgan olomon mahkama oldida to‘planadi va unga hujum uyushtirib, ikki yahudiy askarni voqea joyida joni uzilguncha (va undan keyin ham) vahshiylarcha qiynoqqa soldi, ya’ni Linch sudi amalga oshirildi.
Ularning joni uzilganidan so‘ng askarlarning tanalari oynadan pastga uloqtirildi, pastdagi odamlar esa uni yana urushda davom etdi. Olomon rezervchilar jasadlarini “zudlik bilan g‘alaba tantanasi” bo‘lib o‘tadigan Ramallaning markaziy maydoniga sudrab bordi. “Tanzim” tashkilotining niqoblangan a’zolari politsiya bo‘limida (hududida) “bayram fotosuratlari” uchun suratga tushishga ham ulgurdi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, qatliomda FMA politsiyasi ham bevosita ishtirok etgan edi.
“Ular inson oyog‘ini sudrab ketishar edi”. Guvohlar nima deydi?
Olomonning harakatiga guvoh bo‘lgan 29 yoshli britaniyalik fotosuratchi Mark Siger quyidagicha yozadi:“Nima bo‘layotganini ko‘rish uchun taksidan tushdim va olomon ortidan nimanidir sudrab kelayotganini ko‘rdim. Bir necha soniyadan so‘ng ular yonimdan o‘tib ketdi va men to‘satdan ular odam tanasini oyoqlaridan sudrab yurishayotganini dahshat bilan ko‘rdim. Tananing pastki qismi olov bilan o‘ralgan, yuqori qismi esa o‘q bilan o‘ralgan edi. Boshi qonli pyure ichiga ezilgan. Armiyaning maxsus shimidan nima qolganini ko‘rdim va bu askar ekanini angladim. U allaqachon o‘lganiga qaramay, ular uning boshiga vahshiyona urdi. Ular haqiqiy hayvonlar edi”.
U, shuningdek, bu holatni suratga tushirmoqchi bo‘lganida olomon uni ham urib, apparatlarini sindirib yuborganini ham ta’kidladi. U Ramalla dahshatini o‘zi ishlagan ba’zi xavfli joylar bilan solishtirdi: “Bu men ko‘rgan eng dahshatli narsa edi. Kongo, Kosovo va boshqa xavfli joylarda men allaqachon materiallar tayyorlaganman. Serblar albanlar ustida masxara qilayotganini ko‘rdim, ammo buni hatto Ramallada ko‘rganim bilan taqqoslab ham bo‘lmaydi”. Qirg‘inning bir qismi Italiya televideniyesi guruhi (Mediaset kanali) tomonidan suratga olingan bo‘lib, ushbu kadrlar butun dunyo bo‘ylab tarqaldi, shu jumladan, o‘sha mashhur qo‘li qonga botgan falastinlik surati ham.
2001-yil Ramalladagi Linch sudi “asosiy yuzi”ga aylangan Abdul Aziz Saleh qo‘lga tushdi “Men qo‘shni xonaga kirdim, u yerda bir necha falastinlik politsiyachilar bor edi. Yerda yotgan bir yahudiy askarni ko‘rdim. Yaqinroq kelib, uning orqasida, o‘ng yelkasida pichoq tiqilib qolganiga guvoh bo‘ldim va pichoqni askarning orqasidan tortib oldim, orqasiga ikki-uch marta tiqdim va pichoqni orqasida ushlab turdim. Men askarni pichoq bilan urganimda xonadagi boshqalar uni tepishda davom etdi. Keyin og‘zini yumib, bo‘g‘ishni boshladim, uni bo‘g‘ib o‘ldirganimda qo‘llarim qonga belanganini ko‘rdim. Ko‘ylakda ham qon bor edi. Deraza oldiga borib, hovlidagi odamlarga qo‘l siltadim”, deydi u o‘sha kuni qanday bo‘lganini aytib berar ekan.
Falastin hukumatining qattiq senzurasi sabab boshqa kadrlar OAVda tarqalmadi. Yozib olingan kadrlar rasmiylar tomonidan tortib olindi, jurnalistlarga o‘lim bilan tahdid qilindi, apparatlari yo‘q qilib yuborildi.
Isroilning rasmiy javobi
Linchga javoban, Isroil hukumati FMA shaharlarini qamal qildi, Isroil aviatsiyasi Ramalladagi ikkita politsiya mahkamasiga (shu jumladan, askarlar o‘ldirilgan joy ham) va Force 17 harbiy guruhi joylashgan G‘azo qarorgohi yaqinidagi binolarga raketa hujumlari uyushtirdi. Shuningdek, “Falastin ovozi” radiostansiyasi va Falastin televideniyesiga ham zarar yetkazildi.2001–2006-yillar davomida Isroil hukumati olomon ichida bo‘lgan besh nafar qatnashchini qo‘lga oldi. Ularning ichida Falastin ozodlik harakati, Tanzim tashkiloti va FMAning ikki sobiq politsiyachisi bor edi. Ushbu jarayon mamlakat ichida ham g‘azab bilan qabul qilindi. O‘sha kunning o‘zidayoq o‘ng va so‘l faollari Isroil Mudofaa vazirligi binosi oldida lozunglar ko‘tarib, namoyishlar qilindi. Quddus ko‘chalarida yoshlarning “Arablarga o‘lim!”, “Biz o‘ch olishni istaymiz!”, degan hayqiriqlari tinmadi.
Isroillik ikki askar “arablarning ta’zirini berish” maqsadida bazadan M16 avtomatlarini olib chiqib, arablar kafesiga o‘q uzdi. Natijada to‘rt kishi jarohatlandi, ularning uchtasi yahudiy edi.
Mahbuslar almashuvi
Abdulaziz Yusuf Mustaga Salahi 2004-yil umrbod qamoq jazosini oldi, ammo u terroristik tashkilotlar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Isroil Mudofaa askari Gilad Shalitning ozod qilish to‘g‘risidagi bitimiga asosan 2011-yilning oktabrida qamoqdan chiqarildi.Mirjalol Qosimov tayyorladi.
Izoh (0)