Ispaniya terma jamoasi 10-oktabr, shanba kuni Millatlar Ligasi doirasida Shveysariya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi (1:0).
“Qizil furiya” ketma-ket 15 o‘yindan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Ularda ispanlar 11 g‘alaba va to‘rtta durang qayd etdi. So‘nggi bor jamoa 2018-yilning noyabr oyida Millatlar Ligasi 5-turi doirasida Xorvatiyaga (2:3) yutqazib qo‘ygandi.
Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etish bo‘yicha ayni damdagi dunyo rekordi Italiya terma jamoasiga tegishli. “Skuadra adzurra” ketma-ket 17 o‘yindan buyon yutqazmay kelmoqda. Italiyaliklar keyingi o‘yinni 11-oktabr kuni safarda Polshaga qarshi o‘tkazadi.
Bundan tashqari Ispaniya terma jamoasi ketma-ket oltinchi uy uchrashuvida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi (to‘plar nisbati 25-0). Avvalroq terma jamoa faqat bir marta bundan yaxshi natijaga erishgan: 2008–2009-yillarda ketma-ket sakkizta uy o‘yinida quruq seriya qayd etilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)