“Avto.ru”portalida 1986-yilda ishlab chiqarilgan “Zaparojets” ZAZ-968M 500 ming rubl (6512 dollar) narxda sotuvga qo‘yildi. Narxning qimmatligi mashinaning 3 kilometr haydalgani bilan izohlanmoqda, deb yozadi Motor.
Ma’lum qilinishicha, egasi uni xarid qilgan joydan garajigacha 3 kilometrgina haydaganidan keyin mashina boshqa ishlatilmagan. “Zaparojets”dan 42 ot kuchiga ega 1,2 litrli dvigatel va mexanik uzatmalar qutisi qo‘shimcha himoya maqsadida yechib olingan.
1979-yilda konveyerdan chiqarilgan ZAZ-968M avvalgi ZAZ-968A modeldan to‘g‘ri burchakli orqa faralar, shuningdek, yukxonasi kengligi bilan farq qiladi. ZAZ-968M modifikatsiyaga qarab 42-50 ot kuchiga ega motorlar bilan jihozlangan. Mashina egasi xaridorga yana bir kuzov va ko‘plab ehtiyot qismlarini qo‘shib berishini ta’kidlagan.