• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijon viloyatida koronavirusga chalingan homilador ayollar yerda yotibdi. Viloyat hokimligi esa 2152 ta zaxira o‘rni borligini ma’lum qildi

    Andijon shahar shifoxonasining ginekologiya bo‘limida koronavirusga chalingan ayollar yerda yotibdi. Bu haqda jurnalist Xurshid Daliyev xabar berdi.

    Foto: Telegram / Muxbir Daliyev

    Foto: Telegram / Muxbir Daliyev

    Xurshid Daliyev Andijon viloyatida COVID-19 bilan kasallanib, yerda yotgan homilador ayollarning suratlarini e’lon qildi. Jurnalistning yozishicha, suratlarni COVID-19 bilan kasallanib, Andijon shahar shifoxonasining ginekologiya bo‘limiga yotqizilgan ayol jo‘natgan va u yerdagi sharoit ayanchli holatda ekanligini, homilador ayollar yerda, beton ustida yotganini bildirgan.

    Foto: Telegram / Muxbir Daliyev

    Foto: Telegram / Muxbir Daliyev

    Foto: Telegram / Muxbir Daliyev

    Foto: Telegram / Muxbir Daliyev

    “Gazeta.uz”ning yozishicha, Andijon viloyati hokimligi mazkur xabarga munosabat bildirib, 7-oktabr holatiga ko‘ra viloyatda 2152 ta maxsus jihozlangan koyka-o‘rin zaxirasi mavjudligini ma’lum qilgan. Viloyat hokimligi tomonidan xabar berilishicha, mazkur koyka-o‘rinlarning barchasi kislorod konsentratorlari bilan jihozlangan. Andijon viloyati hokimligi, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda mutasaddi tashkilotlardan iborat ishchi guruh tuzilib, mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi statistikasiga ko‘ra, 6-oktabrgacha Andijon viloyatida 1621 kishi koronavirusga chalingan, 1522 kishi kasallikdan tuzalgan.

    Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov esa 6-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Samarqand viloyatidagi koronavirus bilan bog‘liq rasmiy statistikadan farq qiladigan ma’lumotlarni taqdim etdi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 5-oktabr soat 23:00 holatiga Samarqand viloyatida 2160 kishida koronavirus aniqlangan, 2017 nafar bemor tuzalgan. Kasallik oqibatida viloyatda vafot etganlar sonini hisobga olganda, bugungi kunda viloyatda COVID-19 bilan kasallangan taxminan 100 nafardan ortiq bemor davolanmoqda.

    Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyatidagi koronavirusga chalinib, tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlarning haqiqiy soni 1155 kishini tashkil qiladi.

    “Nima uchun (statistikani) 10 marta kamaytirish kerak? Balki bu korrupsiya emasdir. Biz sabablarni o‘rganishimiz kerak. Samarqand viloyati misolida aytishim mumkinki, bunday vaziyat barcha viloyatlarda mavjud. Ya’ni, biz statistikani ham, tibbiy xodimlarga to‘lovlarni ham, tenderlarni ham, davlat xaridlarini ham, va eng asosiysi, (davlat xizmatidagi) qarindoshlik aloqalarini ham kompleks o‘rganmoqchimiz”, — deya ma’lum qilgan agentlik direktori.

    Avvalroq “Daryo” Toshkent viloyatida koronavirus bemorlari rasmiy statistika bo‘yicha 2-3 kunda sog‘ayayotgani haqida yozgandi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilayotgan statistika yolg‘on bo‘lishi mumkinligini qayd etgandi. Shundan so‘ng Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bilan kasallanganlarning viloyatlar bo‘yicha kengaytirilgan statistikasini, kasallikdan vafot etganlarning yoshi, ismlarining bosh harflari, yashash va davolanish joylarini berishni to‘xtatdi.

    Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi hanuzgacha koronavirusga chalinib, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hisobini yuritmayapti, shuningdek, pnevmoniya bilan kasallanganlarni statistikaga qo‘shmayapti.

    07.10.2020, 21:12   Izoh (0)   52207
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida TATU filiali tashkil etiladi

    07.10.2020, 20:11

    Chilonzorda 13 yoshli bolaga kuch ishlatgan IIB xodimlari jazolandi

    07.10.2020, 19:42

    Gulistondagi koronavirus markazida yuz bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    07.10.2020, 19:27

    Qashqadaryoda bitiruvchilari OTMga kirolmagan maktablarga XTB mudiri va o‘rinbosarlarini direktor etib tayinlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

    07.10.2020, 19:12

    Toshkentda sheriklari bilan 56 yoshli erkak va uning o‘g‘lini kaltaklagan Olmaliq hokimining o‘g‘liga nisbatan tergov harakati tiklandi

    07.10.2020, 18:39

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti bilan Qirg‘izistondagi vaziyatni muhokama qildi

    07.10.2020, 18:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.