• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Uzbekistan Airways va “O‘zbekiston temir yo‘llari” monopoliyasi Senat qo‘mitasi majlisida muhokama qilindi

    Oliy Majlis Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining majlisida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports, “O‘zbekiston temir yo‘llari” hamda “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan ijro etilishi holati muhokama qilindi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “O‘zbekiston temir yo‘llari”

    Temiryo‘l sohasida raqobatbardoshlikni oshirish va raqobat muhitini rivojlantirish holatiga salbiy ta’sir etuvchi bir qator omillar mavjud.

    “Ichki bozorda raqobatning mavjud emasligi sababli ‘O‘zbekiston temir yo‘llari’ AJ xizmatlar sifatini oshirish va moslashuvchan tarif siyosatini qo‘llashdan manfaatdor emas”, — deb qayd etilgan majlisda.

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda ixtisosli bo‘lmagan aktivlarning mavjudligi temiryo‘l sanoatini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan katta hajmdagi moliyaviy mablag‘larni jalb etish imkoniyatini cheklamoqda.

    Shu bilan birga, kompaniya tomonidan bugungi kunda mijozlar uchun nihoyatda ko‘p qulaylik yaratadigan raqamli mahsulotlarni qo‘llash tizimi sust tashkil etilgan.

    Yana bir jihat, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ inventar parkining eskirish darajasi yuqori bo‘lib, vagonlar yetishmaydi. Mavjud barcha vagonlarning 80 foizdan ko‘prog‘ining yosh tarkibi 30 yildan ortiqni tashkil etadi.

    Bundan tashqari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida raqobatni cheklashning turli shakllari qo‘llanib kelinmoqda. Xususan, jamiyat faqat 4 ta ekspeditorlik tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzgan. Boshqa ekspeditorlarning faqat ushbu tashkilotlar orqali faoliyat olib borishlari tashkil etilib, bu esa ishtirokchilarga tovar, moliya va xizmatlar bozorlarida tengsizlikni keltirib chiqarmoqda.

    “Aholiga xizmat ko‘rsatish tizimida vokzallarga kirish tartibi haddan tashqari tartibga solinib, byurokratik tamoyillarning kuchaytirib yuborilganligi natijasida vokzallarning o‘zini o‘zi ta’minlashi uchun imkoniyatlardan yuqori darajada foydalanish mumkin bo‘lgan xalqaro tajribalar amalda qo‘llanilmasdan kelinmoqda”, — deb qo‘shimcha qilingan majlisda yig‘ilganlar.

    Uzbekistan Airways

    Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tizimidagi xalqaro aeroportlar mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha tabiiy monopoliya subyekti sifatida davlat reyestriga kiritilgan.

    Qolaversa, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tarkibiga kiradigan 14 ta davlat unitar korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga aylantirilib, Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan.

    Havo transporti sohasining ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshlik holatiga salbiy ta’sir etuvchi bir qator omillar mavjud.

    “Jumladan, Uzbekistan Airways AJ mintaqaviy va xalqaro darajadagi parvozlarni amalga oshiruvchi yagona milliy kompaniya ekanligidan raqobat muhiti bo‘lmagan sharoitda kompaniyaning faoliyat samaradorligini oshirishga qiziqishi mavjud emas”, — deb ta’kidlangan majlisda.

    2010-yildan buyon kompaniyaning parvozlar soni bor-yo‘g‘i 15 foizga oshgan. Havo texnikasining kam miqdordaligi yangi yo‘nalishlarni o‘zlashtirish, parvozlar sonini ko‘paytirish hamda kompaniya samaradorligini oshirish imkoniyatini cheklaydi.

    Shu bilan birga, parvozlar sinflarini tanlashning murakkab tizimi xarid qilinayotgan xizmatlarning muhim shartlari haqida iste’molchilarning axborotga ega bo‘lishiga salbiy ta’sir etmoqda.

    Qolaversa, Uzbekistan Airways AJ tizimida yuk tashishni rivojlantirish qo‘shimcha daromad manbayi sifatida ko‘rib chiqilmagan. Ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmida yuk tashish 0,03 foiz ulushni tashkil etadi, bu esa jahon miqyosidagi 35 foizdan ancha past bo‘lib, yuk tashish salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayotganini ko‘rsatadi.

    Aeroportlarning zamonaviy ixtisoslashgan uskunalar bilan yetarli darajada jihozlanmaganligi samolyotlarni yuqori sifatli qabul qilish va texnik xizmat ko‘rsatish darajasi pastligiga olib kelmoqda. Natijada aeroportlarning hamkor sifatida jozibadorligi pasaymoqda.

    Mavzuga doir: “O‘zbekiston temiryo‘llari” va Uzbekistan Airways rahbarlariga xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha topshiriq berildi

    “O‘zmetkombinat”

    Kompaniya respublika hududida qora metall parchalari va chiqindilarni tayyorlash (xarid qilish) bo‘yicha yagona vakolatli organ hisoblanadi hamda respublika hududida yig‘ilgan metallolom faqat kombinatga topshirilishi lozim.

    Bugungi kunda qora metallardan metall mahsulotlarini ishlab chiqarish bozorida import qilingan metall parchalari va boshqa metall mahsulotlaridan foydalanib faoliyat yuritayotgan 1 200 dan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar mavjud. Shunga qaramay, har yili metalldan tayyorlangan mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun tuziladigan xomashyo bazasining moddiy balans jadvali boshqa metall quyuvchi korxonalarning ehtiyojlarini hisobga olmagan holda tuziladi.

    Metall parchalarini qabul qilish faqatgina “O‘zmetkombinat” AJ tizimidagi “Ikkilamchiqorametallar” bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Qora metall parchalari va chiqindilarining xarid qiymati past narxda ekanligi sababli tadbirkorlar va aholi ularni “O‘zmetkombinat” AJ taklif etayotgan narxlarda topshirishdan manfaatdor emas.

    Qolaversa, Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining 2020-yil 13-maydagi bayonnomasi bilan joriy yilning 1-iyunidan yil oxirigacha “O‘zmetkombinat” AJda ishlab chiqariladigan tovarlarning analogini respublikaga import qilishning taqiqlanishi ham raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Buning oqibatida qurilishda ishlatiladigan metall mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida 8 yil davomida faoliyat yuritib kelgan MODERN METALL MChJ korxonalar guruhi ishlab chiqarishni to‘xtatishi va 700 ga yaqin ish o‘rinlari yo‘qotilishi mumkin.

    “O‘zmetkombinat” AJda mavjud individual imtiyoz va preferensiyalar bozorning boshqa ishtirokchilari uchun teng bo‘lmagan sharoit yaratmoqda.

    Shuningdek, “O‘zmetkombinat” AJda katta miqdordagi sohaga taalluqli bo‘lmagan aktivlarning mavjudligi moliyaviy mablag‘lar va vaqt resurslarining noto‘g‘ri yo‘naltirilishiga olib kelmoqda.

    Avvalroq “O‘zmetkombinat” metall parchalarini tayyorlash bo‘yicha monopoliyasi bekor qilinishiga qarshi chiqqani haqida xabar berilgan edi.

    Mavzuga doir:

    • UzAuto Motors va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘rtasidagi avtomobil narxlari bilan bog‘liq sud ishi boshlandi
    • O‘zbekistonda davlat ishtirokidagi ayrim korxonalarda monopoliyaga qarshi yangicha nazorat tizimi joriy etiladi

    05.10.2020, 22:45   Izoh (0)   36322
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonga kelgan xalqaro jo‘natmalarni pochta orqali manziliga yetkazish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

    05.10.2020, 21:24

    2022-yil uchun Green Card lotereyasidan ro‘yxatdan o‘tish qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

    05.10.2020, 20:45

    Toshkentdagi to‘yda kuyovjo‘raning to‘pponchadan o‘q uzgani aks etgan video bo‘yicha ma’lumot berildi (video)

    05.10.2020, 20:12

    Toshkentda 5 mlrd so‘m miqdordagi noqonuniy import bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

    05.10.2020, 19:36

    O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati pasayishi kutilmoqda

    05.10.2020, 19:10

    O‘zbekistonda 6-oktabr kuni shamol tezligi kuchayib, tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    05.10.2020, 18:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samsung uchga buklanadigan smartfon va “o‘ta ingichka” Galaxy Z Fold 7 ni taqdim etadi (video)

    Texnologiyalar | 1 iyul, 14:55

    The New York Times XXI asrning eng yaxshi 100 ta filmini e’lon qildi. Birinchi o‘rinni koreys filmi egalladi

    Kino | 1 iyul, 14:40

    “Barselona” Messi va boshqa futbolchilarga to‘lanmay qolgan qarzlarini yopdi

    Sport | 1 iyul, 14:36

    Turkiyada payg‘ambarlarni karikatura qilgan 4 nafar shaxs qo‘lga olindi (video)

    Dunyo | 1 iyul, 14:25

    Rossiyada biometrik ma’lumot topshirmagan xorijliklar mobil aloqadan uziladi

    Dunyo | 1 iyul, 13:58

    Enn Heteuey “Qattiqqo‘l xonim” filmining davomida suratga tushadi

    Kino | 1 iyul, 13:47

    “O‘zgidromet” harorat 46 darajagacha ko‘tarilishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.