UEFA tashkiloti 1-oktabr, payshanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasi 2019/20- yilgi mavsumining eng yaxshi o‘yinchilarini taqdirladi.

Foto: Twitter

Muxlislar bergan ovozlarga ko‘ra, quyidagi futbolchilar o‘z amplualari bo‘yicha eng yaxshi deb topildi:

  • Eng yaxshi darvozabon: Manuel Noyer (“Bavariya”)

Foto: Twitter

  • Eng yaxshi himoyachi: Yozua Kimmix (“Bavariya”)

Foto: Twitter

  • Eng yaxshi yarim himoyachi: Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”)

Foto: Twitter

  • Eng yaxshi hujumchi: Robert Levandovski (“Bavariya”)

Foto: Twitter

Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sifatida esa “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski e’tirof etildi. Polshalik forvard bu yo‘lda Kevin de Bryuyne va jamoadoshi Manuel Noyerni ortda qoldirishga erishdi.

Foto: Twitter

Shuningdek, “Bavariya” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik mavsumning eng yaxshi murabbiyi nomiga loyiq ko‘rildi.

Foto: Twitter

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!