Toshkent shahar Amir Temur ko‘chasida 29-sentabr kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir ayol vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, 29-sentabr kuni taxminan soat 22:00 da Amir Temur ko‘chasida 23 yoshli Hasan N. ishonchnoma asosida Nexia avtomobilini boshqarib ketayotganda yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH natijasida hozirda shaxsi aniqlanayotgan, yoshi taxminan 50-55 da bo‘lgan ayol olgan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. Hodisa tafsilotlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.