Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tibbiyot fanlari doktori, professor Nazira Salohova 77 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, endokrinolog, professor, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondan endokrinologiya bo‘yicha birinchi koordinatori, Xalqaro diabetologlar federatsiyasining (IDF) doimiy a’zosi, Markaziy Osiyo diabetologlar assotsiatsiyasining birinchi prezidenti Nazira Salohova uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi.

Nazira Salohova 1943-yilda Samarqand shahrida davlat xizmatchilari oilasida tug‘ilgan. I.M.Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Kasbiy faoliyatini Toshkentdagi Fanlar Akademiyasining Bioorganik kimyo institutida katta ilmiy xodim sifatida boshlagan.

Keyinchalik Toshkent tibbiyot institutining endokrinologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Tibbiyot fanlari doktori, professor Nazira Salohova tibbiyot fanlari nomzodi va doktori bo‘lgan ko‘plab ilmiy kadrlar tayyorlagan.

Bundan avval o‘zbekistonlik genetik olim Miradham Abzalov, Xonobod shahri hokimi Musaxon Mamadaliyev, Akademik To‘ra Mirzayev, Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Saydulla Elmurodov, Yashnobod tuman sudining yosh xodimi Shahboz Turg‘unboyev vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Filmda rol o‘ynash uchun o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni qalbakilashtirgan aktyor va aktrislar (foto) 
Mahalliy
Toshkentda pul evaziga haj vizasi va kvota olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi
Mahalliy
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri