Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyatida MAN rusumli yuk mashinasi Damas rusumli avtomobilga urilishi natijasida yo‘lovchi halok bo‘ldi, deya xabar beradi IIV.

Qayd etilishicha, 26-sentabr kuni soat 23:45 larda Toshkent–O‘sh yo‘lining 272-kilometrida MAN rusumli yuk avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan Toshkent–Vodiy yo‘nalishida boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan. U shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib kelayotgan Damas rusumli avtomashina orqa qismiga urilishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomoniga o‘tib, ag‘darilib ketgan.

Natijada MAN rusumli yuk avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Yuk avtomashinasi haydovchisi bosh miya chayqalishi, o‘ng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi va Damas rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq shikasti tashxislari bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020-yil 27-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)