Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (OFFA) 13 yoshli futbolchi Shahriyor Gurbanovning vafot etganini ma’lum qildi.

Foto: OFFA

OFFA saytida ta’kidlanishicha, Gurbanov 27-sentabr kuni Naftalan shahridagi otishmalar chog‘ida halok bo‘lgan. Futbolchi mahalliy UGIM klubining U-11 jamoasida to‘p surardi.

OFFA bu borada FIFA va UEFAga xat yo‘lladi.

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘da 27-sentabr kuni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi jangovar harakatlar qaytadan boshlangan edi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!