Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlarining soni rasmiy ma’lumotlardan ko‘ra ko‘proq ekanini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.
“Mamlakatlardagi baxtsiz hodisalar yoki boshqa kasalliklarning COVID-19’ga aloqadorligi ehtimoldan yiroq emas. Ehtimol, bu hisob-kitoblar mukammal emasdir. Bu raqamlar koronavirus bilan bog‘liq barcha o‘lim holatlarini o‘z ichiga olmaydi, deb taxmin qilishingiz mumkin”, – dedi Rayan 28-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan onlayn brifingda.
Avvalroq Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus oqibatida vafot etganlar soni bir milliondan oshgani xabar qilingandi.
Shuningdek, JSST taxminlariga ko‘ra, dunyoda 2 million odam kasallik asoratlaridan vafot etishi mumkin.
Izoh (0)