Armaniston Ozarbayjonning bosib olingan hududlaridan chiqib ketishi kerak, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Qorabog‘ mojarosining keskinlashuviga izoh berarkan. Bu haqda Hurriyet’ga tayanib, “Meduza” xabar qildi.

Rajab Toyib Erdo‘g‘an. Foto: AFP / Yahoo! News

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on. Foto: AFP / Yahoo! News

“Men kecha Ozarbayjon hududiga hujum qilgan Armanistonni qoralayman. Tog‘li Qorabog‘ni bosib olish bilan boshlangan inqirozga barham berish kerak”, – dedi Turkiya rahbari.

Armaniston Tashqi ishlar vazirligi 28-sentabr kuni Turkiya harbiylari Ozarbayjon tomonidagi Tog‘li Qorabog‘dagi janglarda bevosita ishtirok etishlarini ma’lum qildi. Armanistonning Rossiyadagi elchisi Vardan Tog‘anyanning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Suriyadan harbiylarni mintaqaga yubormoqda.

Erdo‘g‘on 27-sentabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, Turkiya har doimgidek bugun ham Ozarbayjonning yonida ekanini aytgan.