• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijondagi Muruvvat uyida 6,5 yoshli siam egizaklari tarbiyalanmoqda. Ularni jiddiy operatsiya kutmoqda (video)

    Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Muruvvat uyida olti yarim yoshli siam egizaklari tarbiyalanmoqda. YouTube’dagi UzGlobal TV kanali, shuningdek, “Zo‘r-TV” telekanali bir tanada yashaydigan Fotima va Zuhra haqida reportaj tayyorladi.

    Fotima va Zuhra.

    Fotima va Zuhra.
    Kadr: YouTube / UzGlobal TV

    Ma’lum bo‘lishicha, Fotima va Zuhra alohida emas, balki siam egizaklarini bilgan onasi ulardan tug‘ruqxonadayoq voz kechgan. Qizaloqlar to‘rt yoshgacha Toshkentdagi maxsus muruvvat uyida tarbiyalangan. Qo‘rg‘ontepaga ko‘chirilganiga esa ikki yildan oshgan.

    Kadr: YouTube / UzGlobal TV

    Egizaklar raqsga tushish va rasm chizishni yaxshi ko‘radi — Fotima o‘ng qo‘li bilan chizgan rasmni Zuhra chap qo‘lida bo‘yaydi. “Qizaloqlar ko‘proq uy va oilani tasvirlaydi. Bu bejizga emas, chunki ota-onasini juda ham ko‘rgisi keladi”, — deyiladi lavhada.

    Fotima va Zuhra.

    Fotima va Zuhra.
    Kadr: YouTube / UzGlobal TV

    “Aya, uyga olib keting, deyman. Aytgandingiz-ku, deyman. Menga va’da berib qo‘ygandi ayam. Ketgim kelyapti uyimga”, — deydi Zuhra va tug‘ilgan kunida onasi kelishiga ishonadi. Boshlovchining: “Onangizni sog‘inasizmi?”, degan savoliga egizaklar: “Ha”, deydi, “Dadangizni-chi?”, degan savolga esa Zuhra: “Dadam yo‘q”, deb javob beradi.

    Fotima va Zuhra.

    Fotima va Zuhra.
    Kadr: YouTube / UzGlobal TV

    “Bu qizlar muassasaga olib kelinganida juda kichkina edi. Hozir ancha katta bo‘lib qolishdi. Bir-biriga mehribon, sira urushmaydi. Ko‘proq yozish, qog‘oz bo‘yashni yaxshi ko‘rishadi. Makaronni juda yaxshi ko‘rishadi, osh va kashani ham sevib iste’mol qilishadi. Shirinliklardan ayniqsa novvotni yoqtirishadi”, — deydi muassasa tarbiyachilaridan biri.

    Fotima va Zuhra.

    Fotima va Zuhra.
    Kadr: YouTube / UzGlobal TV

    Egizaklardan biri betob bo‘lib qolsa, bu ikkinchisiga ham ta’sir qiladi, lekin kamdan kam kasal bo‘lishadi; hozir ahvollari yaxshi, sog‘lom ulg‘ayishmoqda. Ta’kidlanishicha, ushbu siam egizaklarini jiddiy jarrohlik amaliyoti kutmoqda — ular bir-biridan ajratilsa ham yashab ketishi ehtimoli bor, deb hisoblanmoqda.

    Xurshidaxon Xalilova.

    Xurshidaxon Xalilova.
    Kadr: YouTube / UzGlobal TV
    Ularni operatsiya qilsak bo‘ladi, deyapti. Ularning hamma organlari — qo‘li, oyog‘i, yuragi, oshqozoni ikkitadan, ammo jinsiy a’zosi bitta. Ular kelajakda yashab ketishi mumkin, deyilyapti.

    Fotima bilan gaplashsangiz, u liderlik qilaman, deydi, Zuhra bilan gaplashsangiz, u ham liderlik qilaman deydi. Nega desangiz, ularning hayotga qiziqishi ham, intilishi ham kuchli.

    Kelajagini ham gapirib beradi — kim bo‘lishini aytadi, kim bo‘lasiz deb so‘rasangiz, doktor, tibbiyot xodimi bo‘laman deydi.

    Xurshidaxon Xalilova, Qo‘rg‘ontepadagi Muruvvat uyi direktori

    Boshlovchining: “Kim birinchi uyg‘onadi, Fotimami, Zuhrami?”, degan savoliga egizaklar: “Bir vaqtda uyg‘onamiz”, deb javob beradi. “To‘polonchi emasmisizlar?”, degan savolga: “Yo‘q, to‘polonchi emasmiz”, deydi qizlar. Lavhada ta’kidlanishicha, ular uxlayotganida har 20 daqiqada — biri toliqsa, ikkinchisi bilan o‘rin almashadi.

    Mavzuga doir: Samarqanddagi siam egizaklari vafot etdi

    28.09.2020, 18:43   Izoh (0)   264380
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Erim bir necha kishi tomonidan o‘ldirilgan, ammo prokuratura bir kishini ayblash bilan kifoyalanmoqda”. Eri pichoqlab o‘ldirilgan qashqadaryolik ayol adolat istam...

    28.09.2020, 18:13

    Buxorodagi ikkita maktab bitiruvchilarining barchasi talaba bo‘ldi

    28.09.2020, 17:57

    Samarqandda 18 yoshli o‘smir avtobus urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Tez yordam shifokori YTH joyiga yetib borganida jabrlanuvchi o‘z o‘g‘li ekanligini bildi

    28.09.2020, 17:42

    O‘zbekistonda haftaning birinchi qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    28.09.2020, 17:27

    Qashqadaryodagi ayrim tumanlarda Yoshlar ishlari bo‘limlariga agentlik tavsiya qilgan nomzodlar emas, boshqalar tayinlandi. Chunki agentlikning xati “yuridik kuchg...

    28.09.2020, 17:12

    O‘zbekistonda 76 foizdan ortiq maktablar to‘laqonli faoliyatini tikladi

    28.09.2020, 16:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomashinalar soni e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 13:45

    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

    Reklama | 16 iyul, 13:43

    Lamin Yamal o‘zining “orzular jamoasi”ni tuzdi

    Sport | 16 iyul, 13:10

    Yangi o‘quv yilidan kontrakt miqdori oshadimi? Vazirlik vakili aniqlik kiritdi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 13:08

    Husiy dilerlari X va WhatsApp’da qurol sotayotgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyul, 12:59

    Yevropa Ittifoqi Isroilga chora ko‘rishga tayyorligini e’lon qildi

    Dunyo | 16 iyul, 12:24

    Pep Gvardiola yozda tarkibni qisqartirmoqchi — “Manchester Siti”ning olti futbolchisi jamoada ketishi mumkin

    Sport | 16 iyul, 12:10

    Mashhur kiyim-kechak brendi xitoylik ishchilarni ekspluatatsiya qilishda ayblandi

    Dunyo | 16 iyul, 12:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.