Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘zA tomonidan e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi tarkibida yangi sho‘ba tashkil qilingan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Farmon bilan, tuman hokimligi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 32 nafardan iborat boshqaruv apparatining yangilangan tuzilmasi, tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining soni tasdiqlandi.

Tuman hokimiga tuman hokimligi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Direksiya direktori taklifiga asosan boshqaruv apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Belgilanishicha, Direksiyaning boshqaruv tuzilmasi, uning xodimlari cheklangan soni, ularning mehnatiga haq to‘lash miqdorlari va tartibi erkin turistik zonaning Ma’muriy kengashi tomonidan belgilanadi.

Tumanda amalga oshiriladigan islohotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati tarkibida 3 ta shtat birligidan iborat Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish sho‘basi tashkil qilindi.

Sho‘ba shtat birliklari Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamentining 3 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantirilishi belgilandi.

Avvalroq Bo‘stonliq tumaniga yangi hokim, prokuror, IIB va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi o‘rtalarida Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining turizm salohiyati juda yuqoriligiga qaramasdan, uzoq yillar davomida bundan yetarlicha foydalanilmaganini ta’kidlagandi. Shu sababli davlat rahbari ushbu hududni to‘liq turistik zona sifatida rivojlantirish va rejadagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga (hozirda bu lavozimni Aziz Abduhakimov egallab turibdi) parallel ravishda yangi tajriba tariqasida Bo‘stonliq tumaniga rahbarlik vazifasini yuklatish taklifini bergandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi