Polshalik yozuvchi Tadeush Doleng-Mostovich asari asosida rejissor Yeji Gofman suratga olgan “Tabib” filmi 1982-yilda namoyish etildi. Og‘ir jarohat olish natijasida xotirasidan ayrilgan, oilasidan uzoqda yashashga majbur bo‘lgan varshavalik jarrohning taqdiri haqidagi fojiali voqea tomoshabinlarning ko‘nglida allanechuk tuyg‘ularni uyg‘otgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Film chindan ham XX asrda suratga olingan kartinalar ichida eng yaxshisi, deb tan olingan. Chunki bu o‘sha og‘ir siyosiy davrda hukm surgan sinovlardan so‘ng yaxshi natija edi. Professor Vilchurdan tashqari, bosh rol uning qizini ijro etgan aktrisaga ham topshirildi. Yoqimtoy Marisa obrazida gavdalangan Anna Dimna film namoyishidan so‘ng minglab tomoshabinlar mehrini qozondi. Aktrisaning keyingi hayoti qanday kechgani esa uning muxlislari uchun hamon qiziq.

Foto: “Yandeks Dzen”

Bolalik va teatrga yo‘l

Bo‘lajak aktrisa 1951-yil Polshaning g‘arbidagi Legnitse shaharida tug‘ilgan. Onasi baletni juda yaxshi ko‘rgani uchun ham qizini juda yoshlik chog‘idan ushbu san’at bilan tanishtirishga harakat qildi. Ehtimol, u o‘zi erisha olmagan orzulariga Annani yetishtirishni o‘ylagandir. Shuning uchun ham ona va bolaning teatr tomoshalariga tashrifi tez-tez ro‘y berar edi. Chindan ham Anna asta-sekin san’atga mehr qo‘ya boshladi, lekin u onasining orzusidan biroz boshqacha, dramatik aktrisalikka qiziqishini bildirdi. Tabiiyki, onasi bundan biroz ranjidi ham.

Foto: Yandeks Dzen

Biroq qizning kelajak uchun amalga oshirgan tanloviga hech kim to‘sqinlik qilmadi. U oliygohga o‘qishga kirib, a’lo baholarga tamomladi. Yosh, chiroyli hamda iqtidorli aktrisa darhol Krakov eski teatriga qabul qilindi. Aktrisa ushbu ish joyini keyinchalik ham o‘zgartirmadi va hanuzgacha u yerda faoliyat yuritadi. U o‘zining sevimli spektakllarida ishtirokini davom ettirib, ayni damda o‘z tajribasini yosh aktyorlar bilan bo‘lishmoqda, shuningdek, Krakov universtetida dars ham beradi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktrisaning spektakl va filmdagi rollari 250 dan ortiq. 1990-yil yozuvchi Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” asari asosida ekranlashtirilgan filmda ham rol ijro etdi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktrisaga mislsiz darajada shon-shuhrat keltirgan film bu – “Tabib” kartinasidagi Marisa obrazi bo‘ldi. Asar sujeti rejissor hamda mahoratli aktyorlar ijrosi tufayli badiiy jihatdan yuksak san’at asariga aylandi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Film o‘zining ajoyib voqeligi bilan muxlislar hamda tanqidiy baholaganlar xotirasida saqlanib qolgan. Shuningdek, ushbu kartina uchun aktrisalar ichida tanlab olingan Anna Dimnaning ijrosi ham muhim edi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktrisaning fojiasi

Aktrisaning aytishiga qaraganda, uning birinchi turmush o‘rtog‘i Veslav Dimna uning karyerasini shakllantirishga katta ta’sir ko‘rsatgan. Polshaning taniqli aktyori va ssenariylar muallifi Veslav Dimna intiluvchan yosh aktrisa uchun juda katta ko‘mak bergan. “Tabib” filmi suratga olish ishlaridan avval Veslavning vafot etishi aktrisaning o‘z qahramoni Marisa taqdiriga hamdard bo‘lishiga turtki bo‘ldi.

Veslav Dimna va Anna

Foto: “Yandeks Dzen”

Anna oradagi 15 yosh farqqa e’tibor bermay, 1973-yil turmush qurgandan so‘ng aktrisa Dimna familiyasiga o‘tgan. Ular birgalikda uzoq yashamadi, oradan besh yil o‘tib, Veslav yurak xurujidan vafot etdi. Ammo u bo‘lajak aktrisaning ijodiga ijobiy ta’sir o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Insonlar uchun xolis xizmat

Anna turmush o‘rtog‘ining fojiasidan so‘ng uzoq vaqt mobaynida yana sahnaga qaytish uchun o‘zida kuch topa olmadi. Aktrisaning ta’kidlashicha, o‘sha paytda boshqa rol o‘ynay olmaydigandek tuyilgan, lekin uning kasbi faqatgina barchasiga chidash kerakligini eslatgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Ammo nogironlarga bag‘ishlangan xayriya tadbirlari davomida u san’at kasal insonlar hayotini yanada yorinroq va qiziqarli qilishiga ishonch hosil qildi. Shundan so‘ng u o‘z kasbidan insonlarga yordam berish sifatida foydalandi va xayriya ishlariga bor e’tiborini qaratdi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Oradan besh yil vaqt o‘tib aktrisa ikkinchi bora turmush qurishga qaror qildi. Uning Zbignev Shota bilan nikohidan o‘g‘li Mixail dunyoga keldi. Ammo juftlik orasidagi ko‘plab kelishmovchiliklar olti yillik nikohdan keyin ajralishga olib keldi.

Uning uchinchi turmush o‘rtog‘i ko‘plab xayrli ishlariga sherik, aktyor va rejissor, Krakov teatri direktori − Kshishtof Orjexovskiy. Ular birgalikda turli xil xayriya tadbirlarida ishtirok etadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktrisa Anna Dimna nafaqat mamlakatdagi ajoyib badiiy faoliyati bilan, balki aqliy nuqsonga ega bo‘lgan nogironlarga yordam berish uchun yaratilgan fond tufayli ko‘plab odamlarning hurmatiga sazovor bo‘lgan. U muntazam ravishda xayriya konsertlarini uyushtiradi va bu sababdan o‘zini baxtli aktrisa deb biladi.

Foto: “Yandeks Dzen”