Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro farzandli bo‘lgach, 19 yoshida tug‘ilganligi haqidagi guvohnomaga ega bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Xatirchi tumani FHDYo bo‘limi mudirasi Manzura Qo‘ldosheva xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

2001-yilda tug‘ilgan xatirchilik Nargiza Haydarovaning bildirishicha, u e’tiborsizlik tufayli 19 yoshga kirgunga qadar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani ololmagan.

“Ota-onam shar’iy nikohda yashashgan. Otam vafotidan so‘ng esa menga tug‘ilganligim to‘g‘risidagi guvohnomani olishning imkoni bo‘lmagan. Oradan yillar o‘tdi, ulg‘aydim. Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomam bo‘lmagani uchun fuqaroligi yo‘q odamlar qatorida nikoh guvohnomasisiz samarqandlik yigitga turmushga chiqdim. Farzandimiz dunyoga keldi. O‘zimizda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bo‘lmagani bois tug‘ilgan farzandimizga ham guvohnoma olish masalasi muammo bo‘ldi”, — deydi fuqaro Nargiza Haydarova.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

19 yoshli fuqaro Xatirchi tumani FHDYo bo‘limiga murojaat qilgach, yillar davomida yechimsiz qolayotgan muammo Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi orqali sud aralashuvi bilan bartaraf etilgan. 2001-yilning 27-fevralida dunyoga kelgan Nargiza Haydarovaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma topshirilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, 2020-yilning o‘tgan 8 oyi mobaynida Nargiza Haydarova singari fuqarolarning 43 nafariga muddati o‘tgan tug‘ilish holati qayd etilgan hamda 3155 ta tug‘ilish, 909 ta nikoh rasmiylashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilindi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi olti yilda 122 ta yangi universitet va institut ochilgan. 2016-yilgacha ularning soni 77 ta edi
Dunyo
Pokistondagi masjidda xudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi, 25 kishi halok bo‘ldi (video)