24-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Turk aktyori Burak O‘zchivit o‘g‘li Karan bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

https://www.instagram.com/p/CFgw19ZlMOm/

Botir Qodirov xonanda Sirojiddin Hojiyevning to‘yidan sahifasiga video  joyladi. Xonandaning folloverlari u bilan qo‘l berib ko‘rishgan Shahlo Zoirovaga e’tibor qaratdi hamda bu holatni tanqidiy baholadi.

https://www.instagram.com/p/CFgu6RrFhJL/

Madina Mumtoz haqiqiy do‘stlik va muhabbat haqida mulohaza yuritdi.

https://www.instagram.com/p/CFgg34KHUMz/

Javohir Zokirov o‘g‘li Saidkarimning videosi bilan bo‘lishib, videoni “tarbiyasiz bola” deb izohladi.

https://www.instagram.com/p/CFf0o4Fn25L/

“Sevgi iztirobi” va “Elchining qizi” seriallari yulduzi Neslihan Atagul yangi suratlarini muxlislariga taqdim etdi.

https://www.instagram.com/p/CFfHGv0DUNM/

Sharof Muqimov qizi Leylaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan unga atab qo‘shiq kuyladi. Qo‘shiqda xonanda qizini sog‘insa ham, uni borib ko‘ra olmasligini kuylaydi.

https://www.instagram.com/p/CFXZl47gcRd/

Rayhon “inson qanchalik kuchli shaxs bo‘lsa, itlar unga hasad va g‘azabdan shunchalik kuchliroq huradi” degan fikrni ilgari surmoqda.

https://www.instagram.com/p/CFg5-VllrVZ/

Zarina Nizomiddinova ismini sir saqlayotgan kichik o‘g‘li bilan qiziqarli rolik tayyorladi.

“Mendirman Jaloliddin” seriali haqida film tayyorlandi. Uni 26-sentabr kuni soat  20:20 da “Milliy” telekanalida tomosha qilish mumkin.

https://www.instagram.com/p/CFhERyPBFIQ/