Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 2-turida “Manchester Siti” 21-sentabr, dushanba kuni “Vulverhempton” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Kevin de Bryuyne penaltini aniq ijro etgan holda mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 32-daqiqada Fil Foden “shaharliklar”ning kombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladi.
Ikkinchi bo‘limda “bo‘rilar” faollikni oshirdi. 78-daqiqada Raul Ximenes qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirib, hisobni qisqartirdi.
So‘nggi daqiqalar “Vulverhempton”ning bosimi ostida o‘tdi, biroq “Manchester Siti” hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Gabriel Jezusning golidan keyin o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti”ning APL 1-turidan o‘rin olgan “Aston Villa”ga qarshi o‘yini qoldirilgandi.
Xosep Gvardiola shogirdlari 3-turda “Lester”ga qarshi o‘ynaydi, “Vulverhempton” esa “Vest Hem” mehmoni bo‘ladi.
APL
2-tur bahslari
21-sentabr, dushanba
“Vulverhempton” — “Manchester Siti” 1:3
Gollar: 0:1 – 20, penalti de Bryuyne, 0:2 – 32 Foden, 1:2 – 78 Ximenes, 1:3 – 90+5 Gabriel Jezus.“Vulverhempton”: Ruy Patrisiu, Marsal (Ruben Vinagre, 8), Boli, Koudi, Saiss, Podense, Moutinyu (Dendonker, 78), Traore, Ruben Nevesh, Netu (Fabiu Silva, 78), Ximenes.
“Manchester Siti”: Ederson, Stounz, Mendi, Ake, Uoker, Foden, Fernandinyo, de Bryuyne, Rodri, Sterling (Ferran Torres, 81), Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: Gabriel Jezus (35), Mendi (35), Rodri (86).
“Aston Villa” — “Sheffild Yunayted” 1:0
Gol: 1:0 – 63 Konsa.Chetlatish: Igan (12) — “Sheffild”.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)