So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12280.01
    • RUB 138.69
    • EUR 13415.91
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +13°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekiston Rossiyada yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinani hamkorlikda sinovdan o‘tkazishga qiziqish bildirdi

    21.09.2020, 20:10 19065

    O‘zbekiston Rossiyadagi “Vektor” ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 kasalligiga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng uning qo‘shma sinovlarini o‘tkazishga qiziqish bildirdi. Bu haqda “Rospotrebnadzor” tomonidan ma’lum qilindi.

    Foto: “Rospotrebnadzor”

    Foto: “Rospotrebnadzor”

    “Rospotrebnadzor” tomonidan xabar berilishicha, mazkur tashkilot vakillari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan koronavirus tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan, COVID-19 profilaktikasi uchun vaksinani ishlab chiqish masalalari bo‘yicha videokonferensiya o‘tkazgan.

    “Tomonlar Rossiya va O‘zbekistondagi mavjud epidemik vaziyat, o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilish shartlari, shuningdek, ‘Rospotrebnadzor’ning ‘Vektor’ virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Rossiyaning ‘EpiVakKorona’ vaksinasini sinovdan o‘tkazish jarayonini muhokama qildi. Xususan, O‘zbekiston tomoni vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng uni ishlatish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarda ishtirok etish istagini bildirdi”, — deyiladi “Rospotrebnadzor” xabarida.

    Avvalroq Xitoyning Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical kompaniyasi O‘zbekistonga koronavirus vaksinasi sinovlarida qatnashishni taklif etgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda Rossiya yoki Xitoy vaksinasini xarid qilish masalasi muhokama qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

    Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan va “Sputnik V” deb nom olgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini oldi. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

    Shuningdek, COVID-19’ga qarshi ikkinchi vaksina — “Vektor” ham tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Rossiyaning “Vektor” davlat ilmiy markazi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarida ishtirok etgan ko‘ngillilarda ikkilamchi ta’sirlar aniqlanmagan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airways bilan Pxuketda rohatbaxsh ta’til

    Bugun, 15:00
    Reklama

    ATB “Tenge Bank” The Banker xalqaro moliya jurnali tomonidan O‘zbekistonning yaxshi banki deb topildi

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Strategik islohotlar agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi

    Bugun, 14:54

    Toshkentdagi xususiy bog‘chada bolaga tan jarohati yetkazildi (video)

    Bugun, 14:44

    G‘azoda sulh buzilganidan keyin Isroil zarbalaridan yana o‘nlab falastinliklar halok bo‘ldi (video)

    Bugun, 14:37

    Fuqarolik jamiyati institutlarini urg‘ulagan Martin Chungong, natijalardan qoniqmayotgan Senat raisi, nanotexnologiyalarni taviya etgan Ram Aer — Parlamentlararo I...

    Bugun, 14:28

    Zelenskiy Rossiya bilan urush yangi fazaga o‘tayotganini ma’lum qildi

    Bugun, 13:49

    Humo to‘lov tizimining ustav kapitalidagi davlat ulushi to‘liq Davaktiv agentligiga o‘tkaziladi

    Bugun, 13:39

    FIDE Rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik shaxmatchilar ro‘yxati e’lon qilindi

    Bugun, 13:22

    Qirg‘iziston MXDQ rahbari amaldorlardan barcha fohishaxonalarni zudlik bilan yopishni talab qildi

    Bugun, 12:47

    Tavsiya etamiz

    Yesa bo‘ladigan itlar uyushmasi, hordiq chiqarayotgan Isroil askarlari, ko‘cha rassomining ko‘rgazmasi — 30-noyabr suratlari

    23:00 / 30.11.2023

    Narxlari imi-jimida oshirilgan Chevrolet Onix pozitsiyalari sotuvda paydo bo‘ldi

    22:00 / 30.11.2023

    Foto: Namanganda qish arafasida pishgan anjir

    19:00 / 30.11.2023

    Ta’ziyaga kelgan sobiq birinchi xonimlar, ish tashlagan o‘qituvchilar, muhtojlarga tayyorlangan kimchi — 29-noyabr suratlari

    23:00 / 29.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.