UFC prezidenti Deyna Uayt promoushenning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor bilan hamkorlikni yangilashga intilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, irlandiyalik jangchi 2021-yildayoq UFC’ga qaytishi mumkin.

Foto: UFC

Biz Konor uchun 2021-yil boshida qiziqroq taklif tayyorlamoqdamiz. Uning jang qilishiga kafolat berolmayman, lekin unga kelasi yil boshida nimadir tayyorlaymiz.

Deyna Uayt, UFC prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor so‘nggi jangini 2020-yilning yanvarida o‘tkazgandi. O‘shanda u (yarim o‘rta vazn toifasida) Donald Serroneni jangning birinchi raundida nokautga uchratgandi.

May oyida Konor o‘zi uchun munosib raqib yo‘qligidan va jang qilishdan zerikkani uchun faoliyatini yakunlagandi. Qayd etish joiz, u bundan oldin ham ikki marotaba ketishini e’lon qilib, yakunda esa baribir oktagonga qaytgan.