Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor jinsiy zo‘ravonlik haqidagi ayblovlarga munosabat bildirdi va buning yolg‘on ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, irlandiyalik sobiq jangchi “kurashishga” va’da berib, undan hech kim bir tiyin ham olmasligini qo‘shimcha qildi.

Foto: Sportbox

Ular meni yana chuv tushirishga urinishdi, lekin haqiqat har doim menga kuch bag‘ishlab turadi. Bu nima bo‘lishining ahamiyati yo‘q — kimnidir zo‘rlash, kaltaklash va hokazo. Men hech qachon taslim bo‘lmayman.

Haqiqat har doim menga kuch bergan. Men o‘z xarakterimni bilaman. Xudo hammasini ko‘rib turibdi. Kuch haqiqatda. Men ozodman. Bo‘lmag‘ur yolg‘on bilan kelganlarning hech qaysisi bir tiyin ham ololmaydi. Hozir ham, keyin ham. Men kurashaman.

Ko‘rasiz, men bu voqealarning hech birini unutmayman. Bu odamlarning shunchaki paydo bo‘lishiga, meni ayblashiga va keyin birovning hayotini barbod qilish uchun zulmatga kirib ketishiga yo‘l qo‘ymayman. Hech qachon. Qanchalik xohlasangiz ham, men hech qachon o‘z hayotimga zarar yetkazmayman.

Konor Makgregor, sobiq UFC jangchisi.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor 11-sentabr, juma kuni jinsiy zo‘ravonlik va axloqsiz harakatlarni amalga oshirishda ayblanib, hibsga olingandi. Ammo ertasi kuniga u hech qanday ayblovlarsiz ozod etilgan.

Konor Makgregor ishtirokidagi barch janglarni bu yerda tomosha qilish mumkin — VIDEO.