Rossiya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan “Rostov” — “Rotor” uchrashuvi bekor qilindi. Bu haqda RPL matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, “Rotor” jamoa vakillarida koronavirus aniqlangani tufayli mazkur bahsda ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgan.
Avvalroq volgogradliklar klubi karantinga yo‘l olgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, “Rotor”ning RPL 7-turidan o‘rin olgan “Krasnodar”ga qarshi o‘yini ham koronavirus tufayli bekor bo‘lgan va Volgograd klubiga texnik mag‘lubiyat yozilgandi.
Ma’lumot uchun, “Rotor” murabbiylar shtabida o‘zbekistonlik mutaxassis Maksim Shatskix faoliyat olib boradi.
“Rotor” Premyer Liga 7 turidan keyin 2 ochko to‘plagan holda so‘nggi o‘rinda bormoqda. Eldor Shomurodov jamoasi esa 11 ochko bilan 8-o‘ringa joylashgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)