Futbol bo‘yicha Xitoy Superligasining 11-turida “Tyanszin Teda” 16-sentabr, chorshanba kuni “Shitszyachjuan Ever Brayt”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Instagram

Uchrashuvning 70-daqiqasida Frenk Achimpongning uzatmasidan keyin Sandro Lima maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Biroq oradan o‘n daqiqa o‘tib mehmonlar Chen Puning golidan keyin muvozanatni tikladi.

Ushbu bahsda o‘zbekistonlik yarim himoyachi Odil Ahmedov “Tyanszin Teda” klubidagi debyut o‘yinini o‘tkazdi. U asosiy tarkibda maydonga tushib, 78-daqiqada zaxiraga olindi.

Shu tariqa “Tyanszin Teda” Superligadagi 8 o‘yinlik mag‘lubiyatli seriyasiga yakun yasadi. Jamoa 2020-yilgi mavsumdagi ikkinchi durangni qayd etgan holda 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Xitoy Superligasi

11-tur bahsi

16-sentabr, chorshanba

“Tyanszin Teda” — “Shitszyachjuan Ever Brayt” 1:1

Gollar: 1:0 – 70 Sandro Lima, 1:1 – 81 Chen Pun.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!