“Barselona” hujumchisi Lionel Messi jamoasining La Liga 2020/21-yilgi mavsumi startidagi uchta o‘yinida ishtirok eta olmasligi mumkin, deya xabar qilmoqda Mundo Deportivo.
33 yoshli futbolchi Argentina terma jamoasining JCh—2022 saralash bosqichdan o‘rin olgan o‘yinlariga chaqiruv olgan. Agar Messi terma jamoa yig‘iniga boradigan bo‘lsa, u holda ikki haftalik karantindan o‘tishiga to‘g‘ri keladi.
Buning uchun Messi terma jamoa o‘yinlari oldidan kamida ikki hafta oldin Argentinaga uchib ketishi kerak bo‘ladi. Shu tariqa katalonlar sardori La Liga doirasidagi “Vilyarreal”, “Selta” va “Sevilya”ga qarshi o‘yinlarda “Barselona”ga yordam bera olmasligi mumkin.
Argentina terma jamoasi 8-oktabr kuni Ekvadorga qarshi maydonga tushsa, 13-oktabrda Boliviya bilan o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KONMEBOL Messiga nisbatan qo‘llagan diskvalifikatsiyani bekor qilgandi. Dastlabki qarorga ko‘ra, Messi mazkur ikkita o‘yinni o‘tkazib yuborishi kerak edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)