Nissan kompaniyasi amaldagi 370Z seriyasining o‘rnini egallaydigan yangi Z-seriya modellarining ilk prototipi — Z Proto’ni taqdim etdi. Retro uslubdagi prototip V6 biturbomotori yordamida harakatga keladi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Nissan

Nissan Z Proto’ning tashqi ko‘rinishi ustida Infinity’ning sobiq stilisti kubalik Alfonso Albaysa boshchiligidagi yaponiyalik dizaynerlar jamoasi ishlagan. Uning eksteryeridagi ayrim elementlar Z-seriyaning avvalgi modellaridan olingan: masalan, old optika — 240Z faralarining zamonaviy interpretatsiyasi, prototipning orqa qismi — XX asrning oxirlariga tegishli 300ZX’niki.

Foto: Nissan

Model o‘lchamlari ma’lum: Z Proto uzunligi 4382 millimetrni, eni 1850 millimetrni, balandligi esa — 1310 millimetrni tashkil etadi. Shunday qilib, prototip o‘lchamlari jihatdan 370Z modelini ortda qoldiradi.

Bo‘lajak sportkar hamon yaratilish jarayonida. Seriyali modelga taxminan 405 ot kuchiga ega V6 biturbomotor o‘rnatilishi ma’lum, xolos. U olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Foto: Nissan

Agarda dvigatel to‘g‘risidagi ma’lumotlar tasdiqlansa, yangi model 337 ot kuchiga ega 3,7 litrli V6 motoriga ega 370Z’ni ortda qoldiradi.

Prototip uch kegayli rul, an’anaviy olti pog‘onali uzatmalar qutisi richagi, 12,3 dyuymli raqamli qurilmalar paneli va kichikroq multimedia tizimi ekraniga ega bo‘ladi. Old panelda uchta qo‘shimcha shkalani payqash mumkin, ventilyatsiya deflektorlari esa eshikka ko‘chirilgan.

Foto: Nissan

Seriyali sportkupe 2021-yil davomida taqdim etilishi kutilmoqda.

Foto: Nissan

Foto: Nissan

Foto: Nissan

Foto: Nissan

Foto: Nissan

Foto: Nissan