Parallel parkovka — avtomobil haydovchisi juda ko‘p duch keladigan murakkab holatlardan hisoblanadi. Buni amalga oshira olmaydigan haydovchini haqiqiy qiyinchiliklar kutadi. Masalan, avval boshidan burchak to‘g‘ri ola bilinmasa, barchasini boshidan boshlashga to‘g‘ri keladi, deb yozadi CARakoom.
Biroq Toyota Innova’ga ega hindistonlik haydovch uchun parallel parkovka — kunlik hayotining bir qismiga aylangan. Toyota Innova — bu olti yoki yetti o‘rindiqli yo‘ltanlamas bo‘lib, rom shassisi asosida qurilgan. U odamlarni tashish uchun juda qulay va videodan ko‘rish mumkinki, u eng xavfli turargohlardan biriga ham mos keladi.
Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, mashina hatto o‘ziniki ham emas, balki do‘stiga tegishli bo‘lib, undan vaqtincha foydalanib turadi. Bundan tashqari, ushbu virusli video uning xotini tomonidan ruxsatisiz olingan.
Aftidan, haydovchi yetarli darajada tajribali va ancha yirik transport vositalariga boshqarib urgangan. Bundan oldingi ishida u xavfli yo‘llarda “jip” va avtobus haydagan.
Izoh (0)