O‘zbekistonda 2020-yilning sakkiz oyi davomida yo‘l harakati ishtirokchilarining tan jarohati olishi bilan bog‘liq 2605 ta, o‘lim bilan bog‘liq 991 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida velosipedlar ishtirokida 492 ta avtohalokat qayd etilgan. Ularda 143 kishi vafot etgan.

Mazkur davr mobaynida motosikl va skuterlar ishtirokida 63 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergan va ularda 9 kishi halok bo‘lgan.

Avvalroq O‘zbekistonda sakkiz oyda oqibati o‘lim bilan tugagan salkam 1000 ta YTH yuz bergani haqida xabar berilgandi.