Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda katta yo‘lda bir o‘zi ketayotgan Spark yo‘l chetida turgan Matiz avtomobiliga borib urilgani tasvirlangan video tarqaldi.
Videodan ko‘rish mumkinki, katta yo‘lda bir o‘zi harakatlanib kelayotgan Spark haydovchisi noma’lum sabablarga ko‘ra, yo‘l chetida turgan Matiz’ga kelib urilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikkala mashina ham yo‘l chetidagi panjara to‘sig‘i va uning ustunini buzib o‘tgan.
Matiz’ning orqa bamperi va yon eshiklari pachoqlangan, mashina ichida hech kim bo‘lmagan. Spark haydovchisiga qay darajada jarohat yetgani esa noma’lum.
Avvalroq O‘zbekistonda karantin qoidalari yumshatilganidan boshlab — 15-avgustdan keyingi birinchi haftaning o‘zida 17 ta YTH sodir etilgani va uning oqibatida 3 kishi vafot etgani, 22 kishi turli darajada tan jarohati olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)