Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 1-turida “Tottenhem” 13-sentabr, yakshanba kuni “Everton” bilan bahs yuritdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi. Vaziyatlar yaratishda Karlo Anchelotti shogirdlari faolroq bo‘lgan bo‘lsa, hujumlarning xavfliligi borasida londonliklar ustunlik qildi. Biroq tanaffusga qadar hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo‘lim debyutida mehmonlar hisobda oldinga o‘tib oldi. 55-daqiqada Dominik Kelvert-Lyuin jarima zarbasidan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Qolgan vaqtda Joze Mourinyo shogirdlari vaziyatni o‘nglay olmadi.
“Lester” jamoasi safarda “Vest Bromvich” bilan o‘ynadi. Jeymi Vardining dubli va Timoti Kastanning goli “tulkilar”ga g‘alaba keltirdi.
APL
1-tur bahslari
13-sentabr, yakshanba
“Tottenhem” — “Everton” 0:1
Gol: 0:1 – 55 Kelvert-Lyuin.“Tottenhem”: Lyoris, Alderveyreld, Doerti (Ndombele, 76), Devis, Dayer, Lukas Moura, Heyberg, Uinks (Bergveyn, 60), Alli (Sissoko, 46), Son Hyon Min, Keyn.
“Everton”: Pikford, Kin, Koulmen, Din, Mina, Xames (Devis, 90), Andre Gomesh (Sigurdsson, 68), Dukure, Allan, Kelvert-Lyuin (Kin, 89), Risharlison.
Ogohlantirishlar: Heyberg (85).
“Vest Bromvich” — “Lester” 0:3
Gollar: 0:1 – 56 Kastan, 0:2 – 74, penalti Vardi, 0:3 – 84, penalti Vardi.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)