Germaniyaning Transfermarkt portali 1997/98-yilgi futbol mavsumining eng qimmat xaridlari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, braziliyalik hujumchi Ronaldoning “Barselona”dan “Inter”ga transferi ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan joy oldi. Milanliklar “so‘yloq” transferi uchun 28 million yevro sarflagandi.
Keyingi ikki o‘rinni “Barselona”ning xaridlari egalladi. Katalon klubi 1997-yilning yozida “Deportivo”dan Rivaldoni (23,5 million yevro) va “Monako”dan Sonni Andersonni (18 mln yevro) sotib olgandi.
1997/98-yilgi mavsumning eng qimmat o‘nta transferi:
- Ronaldo (“Barselona”dan “Inter”ga) — 28 million yevro
- Rivaldo (“Deportivo”dan “Barselona”ga) — 23,5 mln yevro
- Sonni Anderson (“Monako”dan “Barselona”ga) — 18 mln yevro
- Kristian Vyeri (“Yuventus”dan “Atletiko”ga) — 17,6 mln yevro
- Alvaro Rekoba (“Nasional”dan “Inter”ga) — 17 mln yevro
- Kristian Karambyo (“Sampdoriya”dan “Real”ga) — 12,5 mln yevro
- Roberto Rios (“Betis”dan “Atletik”ka) — 12 mln yevro
- Ibrohim Ba (“Bordo”dan “Milan”ga) — 12 mln yevro
- Filippo Inzagi (“Atalanta”dan “Yuventus”ga) — 11,9 mln yevro
- Sten Kollimor (“Liverpul”dan “Aston Villa”ga) — 10,5 mln yevro
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)