• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12937.93
    • RUB161.1
    • EUR14665.14
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    “Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni yengib bo‘lmaydi…” Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” asari haqida

    Amerika va butun dunyo adabiyotida o‘z o‘rniga ega, asarlari bilan millionlab o‘quvchilarini topgan Ernest Xemingueyning mashhur asari “Chol va dengiz” 1952-yil 1-sentabrda ilk marta nashr qilingan edi. “Daryo” sana munosabati bilan asar haqidagi qiziqarli faktlar haqida hikoya qiladi. 

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yozuvchi haqida

    Amerikalik mashhur yozuvchi Ernest Xeminguey 1899-yil Amerikaning Illinoys shtatida shifokorlar oilasida tug‘ilgan. 1954-yilda Nobel mukofoti laureati bo‘lgan. Birinchi jahon urushi qatnashchisi ekani asarlarida jang maydonlarining bemisl suratlarini aks ettirishida poydevor vazifasini bajardi. Dastlabki hikoyalar kitobi — “Bizning zamonda”, “Quyosh chiqadi”, “Alvido, qurol!” (1929) romanlarida ham urush sahnalari  yorqin ifodalangan edi.

    Xeminguey asarlarida dastlabki jurnalistik kuzatuv o‘rnini tahliliy, qiyosiy mulohaza va mushohadalar egallaydi. U har qanday urushni qoralaydi, shu tufayli insoniyat aziyat chekayotganiga e’tibor qaratadi. Inson huquqlari yo‘lida, ozodlik kurashida yolg‘iz maydonga tushishning halokatli oqibatlarga olib kelishini oddiy kishilar obrazi orqali ifodalaydi. Asarlari orasida “Chol va dengiz” qissasi Xemingueyga katta shuhrat keltirdi. Yozuvchi asos solgan XX asrning o‘ziga xos bo‘lgan qat’iy xolislikka asoslangan  uslubi keyinchalik Amerika yozuvchilari tomonidan yangi yo‘nalish sifatida qaraldi va qo‘llanildi.

    “Chol va dengiz” asari haqida

    Ernest Heminguey mashhur “Chol va dengiz” asarini 1952-yilda Bagama orollarida 51 yoshida yozgan edi. Kasallik yozuvchi hayotiga xavf solib turganda ham ushbu asari orqali betakror obrazlarni yaratdi. Asar ikki oy ichida davomida tugallangan edi. Qahramonlar oddiy obrazlar orqali tasvirlangan bo‘lsa ham, zamirida hayot haqiqatining chizgilar bor.

    Demak, asar Xemingueyning umri oxirda yozilgan mashhur asari. Unda kubalik baliqchi, keksa Santyagoning hayoti haqida hikoya qilinadi. Shuni aytish kerakki, “Chol va dengiz” asarida, avvalo, inson hamisha suyanadigan ishonch tuyg‘usi va albatta, umid haqida so‘z boradi. Asar bosh qahramonida ham tajribasiga suyanib yashayotgan, ishonchini yo‘qotib qo‘ymaslikka harakat qilayotgan obrazni ko‘rishimiz mumkin.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Asar kitob ko‘rinishida 1952-yil sentabrda 50 ming nusxada nashrdan chiqdi. 1953-yil may oyida Xeminguey Pulitser mukofotiga, 1954-yilda esa adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shunday qilib roman yozuvchini dunyoga tanitdi.

    Asarning syujetiga biroz to‘xtalsak. Santyago ismli chol Kubadagi kichik baliqchi qishlog‘ida yashaydi. Va baliqchilik bilan shug‘ullanardi. U 84 kundan buyon dengizda qolib ketgan, ammo biror o‘ljaga ega bo‘lmagandi. Manolin – chol bilan birga baliq ovlagan bola. Ota-onasi cholni omadsiz sanagani uchun unga boshqa qayiqqa chiqishni buyurgan edi. Ammo bola Santyagoni juda yaxshi ko‘rardi.

    Xullas, bu gal chol omadiga ishonib dengizga yo‘l oladi. Dastlab, qahramonimiz  kichkina tunets balig‘ini ushlaydi. So‘ng esa juda katta baliq qarmoqqa ilinadi. Ulkan baliq qayiqni uzoqqa tortib keta boshlaydi. Chol uning yonida Manolin yo‘qligidan xafa bo‘ladi, bunday paytlarda bolaning yordami juda asqotardi. Shunday qilib, chol baliq bilan uzoq  “jang” qiladi. Umid va ishonch uni bir zumga bo‘lsa-da tark etmaydi. Santyagoga tashqi muvaffaqiyat yetishmasa ham, uning ishonch va umidi uni oldinga boshlayveradi.

    Asarda adib inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlikni, insoniyatning hamisha kurashuvchanligini ham tasvirlaydi. Qissa uning ana shu jihatlari yorqin ko‘zga tashlanadigan asarlaridan. Shunday kurash oldida borayotgan o‘quvchi beixtiyor asardagi muvaffaqiyatsizlikdan og‘rinmaydi, balki insonning oldinga bo‘lgan ishonchi uni ruhlantirib boraveradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Roman 1952-yil 1-sentabrda Life jurnalida nashr etilgan edi. Ikki kun ichida jurnal besh million nusxada sotilishga muvaffaq bo‘lgan. Qissa atoqli olim va tarjimon Ibrohim G‘afurov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

    Quyida esa asardan keltirilgan iqtiboslar bilan tanishasiz.

    • Itoatkorlik ruhi qachondan boshlab o‘z qalbida qo‘nim topgani ustida bosh qotirib o‘tirmoqlik uchun chol benihoya soddadil edi. Ammo u o‘zining itoatgo‘y bo‘lib qolganini va bu itoatdan u o‘z nomusi, insonlik qadr-qimmatini yo‘qotmaganligini bilar edi…
    • Bir narsa ikki marta hech qachon qaytarilmaydi…
    • — Men uchun qarilikning o‘zi qo‘ng‘iroq soat. Chollar nega juda barvaqt turisharkan-a? Nahotki, buni qolgan umrlaridan bir kunini bo‘lsa ham cho‘zish niyatida qilishsa?— Bilmadim. Faqat shuni bilamanki, yoshlar qattiq va ko‘p uxlashadi…
    • Endi faqat bir narsa ustida bosh qotirish kerak. Gap mening nima uchun tug‘ilganim ustida boradi…
    • Garchi adolatdan bo‘lmasa-da, — fikran davom etdi u, — men odam bolasining nimalarga qodir ekanligi va nimalarga dosh berib, chidashi mumkinligini ko‘rsatib qo‘yaman…
    • Ammo inson bolasi yengilib, yengilganiga rozi bo‘lib ketaverish uchun yaratilmagan, — dedi u. — Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni yengib bo‘lmaydi…
    • Umidsizlik — halokat, — deb o‘ylardi u. — Buning ustiga, fahmimcha, umidsizlik hatto — gunoh. Nima gunoh-u, nima gunoh emas, deb bosh qotirib o‘tirishning hojati yo‘q. Busiz ham dunyoda boshni qotiradigan narsalar to‘lib-toshib yotibdi. To‘g‘risini aytganda, men gunoh bo‘lgan narsalarni yaxshi tushunmayman…
    Zulxumor Orifjonova tayyorladi.

    09.09.2020, 09:59   Izoh (0)   57741
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ingliz tilining Merriam-Webster lug‘atida irqchilikning ta’rifi o‘zgartiriladi

    11.06.2020, 22:57

    Angliyadagi chiqindixonalardan birida topib olingan “Garri Potter” kitobi auksionda 40 ming dollarga sotildi

    22.05.2020, 20:24

    Shahzoda Garri va Megan Markl qirollik qasri sirlari haqida kitob yozmoqda

    29.04.2020, 09:53

    “Bolaligimizning yana bir bo‘lagi bizni tark etdi”. Anvar Obidjon haqida

    11.04.2020, 20:28

    O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi

    11.04.2020, 19:37

    Shahzoda Matchonova o‘qishni tavsiya etadigan 10 ta kitob

    03.04.2020, 21:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin maslahatchisi SSSR “yuridik jihatdan” mavjudligini ta’kidladi

    Dunyo | 22 may, 08:32

    Yevropa Ligasi. “Tottenhem” Yevropa Ligasi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 22 may, 07:44

    Mexiko shahrida merning kotibi va maslahatchisi otib o‘ldirildi

    Dunyo | 22 may, 00:10

    Baydenning sobiq shifokori uning qancha umri qolganini ma’lum qildi

    Dunyo | 21 may, 23:55

    Xitoyda 650 yillik qadimiy Nog‘ora minorasi tomi qulab tushdi

    Dunyo | 21 may, 23:45

    AQSHda xaker aloqa xizmati bazasiga kirib, 60 ga yaqin amaldorning ma’lumotlarini o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 may, 23:35

    Shavkat Mirziyoyev Lyublyanaga yetib bordi

    O‘zbekiston | 21 may, 23:20

    Ispaniyada Ukrainaning sobiq prezidenti maslahatchisi otib ketildi

    Dunyo | 21 may, 23:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.