Xitoyning ikkita farmatsevtika kompaniyasi birinchi marta koronavirusga qarshi yaratilgan vaksinalarni namoyish etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Vaksinalar Sinovac Biotech va Sinopharm kompaniyalari tomonidan yaratilgan. Vaksinalarning namunalari Pekindagi ko‘rgazmada namoyish etilgan.
Ayni paytda vaksinalar klinik sinovlarning uchinchi bosqichidan o‘tmoqda. Ishlab chiqaruvchilar 2020-yilning oxirigacha ulardan foydalanish uchun ruxsat olishga umid qilmoqda.
May oyida Xitoy raisi Si Szinpin uning mamlakatida yaratilgan vaksinalar sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda jahon hamjamiyatining boyligiga aylanishini va’da qilgan.
Avvalroq Xitoyning Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical kompaniyasi O‘zbekistonga koronavirus vaksinasi sinovlarida qatnashishni taklif etgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda Rossiya yoki Xitoy vaksinasini xarid qilish masalasi muhokama qilinayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)