• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi va uni nazoratiga oid qonun loyihasi e’lon qilindi

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

    Foto: Primamedia.ru

    Foto: Primamedia.ru

    Qonunga ko‘ra, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazorati maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, u:

    • gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab chiqishni va tasdiqlashni tashkil etadi;
    • gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlaydi va xavfsizlik deklaratsiyalarining mazmuniga va ularni tayyorlash uslubiga qo‘shimcha talablarni belgilaydi;
    • manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlari texnik holatining puxtaligini va ular ishining xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazadi;
    • gidrotexnika inshootlarini joylashtirish, gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish topshiriqlarini, ularni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishib olishda, gidrotexnika inshootlarining qurilishi sifatini nazorat qilishda, ularni foydalanishga qabul qilishda, shuningdek, gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidalarini kelishib olishda qatnashadi;
    • gidrotexnika inshootlarining holatini hamda ular holatining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalariga muvofiqligini tekshirishni tashkil etadi;
    • gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi normalari va qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan hollarda xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar jumlasiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini to‘xtatib turish va tugatish haqida takliflar kiritadi;
    • gidrotexnika inshootlari hududlaridan, daryolar o‘zanlari va to‘g‘onning ularga tutash bo‘lgan quyi hamda yuqori hududlaridan xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishga (suvni muhofaza qilish zonalarida yer uchastkalari berish bundan mustasno) yoki boshqa faoliyat uchun gidrotexnika inshootlarida avariya xavfini oshirmagan hollarda foydalanishga rozilik beradi;
    • gidrotexnika inshootlariga kirish, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi bo‘yicha hujjatlar va materiallar bilan tanishish;
    • gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xavfsizlik nazorati bilan bog‘liq mutaxassislar va mansabdor shaxslarning malakasini oshirishga yordam ko‘rsatadi;
    • daryolarning o‘zanlarida va to‘g‘onning ularga tutash quyi va yuqori hududlarida suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yoxud xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyat yurituvchi tashkilotlarning faoliyatini, agar bunday faoliyat gidrotexnika inshootlarining xavfsizligiga yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, taqiqlaydi yoki cheklab qo‘yadi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini taqiqlash va cheklash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash hollari mustasno;
    • gidrotexnika inshootlarining muhofaza qilinishini tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
    • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
    Maxsus vakolatli organning gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalari foydalanuvchi tashkilotlar ijro etishi uchun majburiydir.

    Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash quyidagi asosiy talablarga binoan amalga oshiriladi:

    • gidrotexnika inshootlari xavfining yo‘l qo‘yiladigan darajasini ta’minlash;
    • gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalarini taqdim etish;
    • gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini davriy tekshirish va deklaratsiyalash;
    • gidrotexnika inshootlaridan foydalanishning uzluksizligi;
    • gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan, ularning xavfsizligi mezonlarini belgilash, gidrotexnika inshootlarining holatini doimiy nazorat qilish maqsadida ularni texnika vositalari bilan jihozlash, gidrotexnika inshootlariga zarur malakaga ega bo‘lgan xodimlar xizmat ko‘rsatishini ta’minlash;
    • gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelish xavfini eng ko‘p darajada kamaytirish tadbirlar majmuyini oldindan o‘tkazish.
    Gidrotexnika inshootlarining loyihachilari quyidagilarga majburdir:
    • yangi gidrotexnika inshootlarining qurilishini va amaldagi gidrotexnika inshootlarining rekonstruksiyasini loyihalashtirishni Shaharsozlik kodeksiga muvofiq bajarishga;
    • qonun hujjatlariga muvofiq, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, gidrotexnika inshootlarini qurish (rekonstruksiya qilish) uchun loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazilishida qatnashishga;
    • xavfsizlik rejimida va kerak bo‘lganda kaskad rejimida gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidasini ishlab chiqishga.

    Mavzuga doir:

    • Sardoba va Buxorodagi falokatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun budjetdan qancha mablag‘ ajratilgani ma’lum qilindi
    • Samarqandda suv omborini sifatsiz qurgan korxona mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
    • Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablari aniqlandi

    04.09.2020, 07:22   Izoh (0)   13427
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqanddagi Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi mansabdorlari 1,2 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi

    04.09.2020, 07:08

    O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish davlat tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha yangi qaror imzolandi

    04.09.2020, 06:53

    Samarqandda yo‘lovchi talashgan ikki taksichi janjali ulardan birining o‘limiga sabab bo‘ldi

    04.09.2020, 04:51

    Xorazmda fuqaroning uyiga bostirib kirib, u yerdagilarni kaltaklagani aytilgan ichki ishlar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

    04.09.2020, 03:43

    O‘zbekiston IIV IMEI kodlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda ichki ishlar organlariga murojaat qilishga chaqirdi

    04.09.2020, 02:31

    O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlarining dastlabki kun natijalari e’lon qilindi

    04.09.2020, 01:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.