Avstraliyaning Pert shahridagi hayvonot bog‘ida Pyer ismli shimol kokildor pingvini yashaydi. Bog‘da pingvinning boshqa turidan mavjud emas, shu tufayli ham hayvon yolg‘iz qolmasligi uchun unga qarindoshlari haqida multfilmlar namoyish etiladi, deb yozadi CNN.

Foto: CNN

Pyer mamlakatning janubi-g‘arbida qirg‘oqqa chiqarilgan holda topilgan. Hozir u hayvonot bog‘idagi reabilitatsiya markazida yashaydi. Pingvinning terisi bilan bog‘liq muammosi bor, u suvda suzolmaydi. Shuning uchun ham mutaxassislar uni tabiiy yashash joyiga qo‘yib yuborishdan xavotir olmoqda.

Shuningdek, jajji pingvinni zeriktirmaslik uchun unga oilasi haqida hikoya qiluvchi animatsion serial namoyish etiladi. Hayvonot bog‘i xodimlari Pyerning multfilmlarni yaxshi ko‘rishiga ishonadi.

Bundan tashqari, unga pingvinlar haqida hujjatli filmlar ham namoyish etiladi va Pyer ularni ham tomosha qilishni yoqtiradi.