Fransiya fuqarosi lotereyadan katta miqdorda pul yutib oldi. Erkak Euro Millions lotereyasidagi raqamlarni to‘g‘ri topib, 157 million yevro sohibiga aylandi, deb yozadi Parisien.
Lotereya o‘yini 1-sentabr kuni o‘tkazilgan. Fransiyalik beshta to‘g‘ri raqamni (4,8,10,33,46) topgan yagona omadli o‘yin ishtirokchisi bo‘ldi.
Qayd etilishicha, bu lotereya tashkil etilgan— 2004-yildan beri yutuq miqdori eng katta bo‘lgan uchinchi holatdir.
Bunga qadar 2012-yildagi yirik yutuq miqdori 170 million dollarni tashkil etgan.
Yangi millioner 60 kun ichida kelib, yutuqni olib ketishi talab qilinadi.
Izoh (0)