O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan dunyoning eng baland imorati Burj Xalifada O‘zbekiston bayrog‘i 2020-yil 1-sentabr kuni 1 daqiqa davomida namoyish etildi.

Foto: Twitter / Davron To‘xtaboyev

Burj Xalifaning rasmiy Twitter akkaunti ushbu jarayon videosini namoyish etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning mart oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BAAga tashrifi munosabati bilan, uning sharafiga Burj Xalifa osmono‘par binosida O‘zbekiston bayrog‘i aks etgandi.

Burj Xalifa Dubay shahrida joylashgan bo‘lib, 160 qavatdan iborat osmono‘par binodir. Umumiy balandligi 829,8 metrni tashkil qiladi.