O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BAAga tashrifi munosabati bilan, uning sharafiga Burj Xalifa osmono‘par binosida O‘zbekiston bayrog‘i aks etdi.

Shavkat Mirziyoyev BAAga rasmiy tashrifi chog‘ida ko‘plab kelishuvlarga erishdi. Tashrif yakunidan avval esa uning sharafiga dunyoning eng baland binosi Burj Xalifada O‘zbekiston bayrog‘i aksi tasvirlandi.

Burj Xalifa Dubay shahrida joylashgan bo‘lib, 160 qavatdan iborat osmono‘par binodir. Umumiy balandligi 829,8 metrni tashkil qiladi.