“Arsenal” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan to‘laqonli ravishda “Roma” futbolchisiga aylandi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 31 yoshli armanistonlik futbolchi “to‘pchilar” bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilgan.
Ma’lumot uchun, Mxitaryan 2019/20-yilgi mavsumni “Roma”da ijara asosida o‘tkazib, A Seriyaning 22 uchrashuvida 9 ta gol urdi hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)