“Napoli” prezidenti Aurelio de Laurentis terma jamoalar uchrashuvlari uchun ajratilgan tanaffus haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
O‘yinchilarni bunday mavsumdan keyin 29-avgustdan 10-sentabrga qadar terma jamoalar safiga jalb qilish — tentaklik va bolalar bog‘chasi. Bu hurmatsizlik.Eslatib o‘tamiz, Yevropa mintaqasi terma jamoalari sentabr oyi boshida Millatlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi ikkita tur o‘yinlarini o‘tkazadi.Biz bunga qarshi kurashishimiz va Cheferinga (UEFA prezidenti — izoh “Daryo”) bu lavozimga to‘g‘ri kelmasligini aytishimiz kerak.
Koronavirus bilan bog‘liq yangi holatlar va beqaror vaziyatni inobatga olganda, biz o‘yinlarga qaytishimiz kerakmikan? Bu aqlsizlik.
Aurelio de Laurentis, “Napoli” prezidenti
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)