Yulduzlikdan dimog‘i ko‘tarilib ketgan mashhurlar ham uchrab turadi. Ularning ayrimlari esa intervyularda o‘ziga yuqori baho berishini ochiqchasiga bildiradi. Europa Plus nashri o‘ziga bino qo‘ygan mashhurlarning kimligiga to‘xtaldi.
Kanye Uest

O‘zini zamonaviy musiqa olamining Maykl Jordani, buyuk ijodkor deb hisoblaydigan Kanye o‘z konsertini muxlis sifatida tomosha qila olmasligidan afsus chekadi. “Ular meni odamlarga yoqmasligimni aytishadi, lekin hamma meni yaxshi ko‘radi. Kanyeni hamma yaxshi ko‘radi. Men eng yaxshi ijrochiman”, — deydi reper. Forbes tomonidan e’lon qilganiga ko‘p bo‘lmagan eng ko‘p haq to‘lanadigan yulduzlar ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasidan o‘rin olganidan keyin Uest o‘ziga qanday ta’rif berib, kimlarga qiyoslaydi bunisi noma’lum.
Kim Kardashyan

Model Kim Kardashyan o‘ziga bino qo‘yishda turmush o‘rtog‘i Kanye Uestdan qolishmaydi. Bundan bir necha yil avval u ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan eng ko‘p selfilar bo‘yicha rekord qo‘ygandi. Bilagi shikastlanganida esa o‘zini har kuni suratga olish uchun suratkash yollagan. Kim va Kanye haqida o‘xshatmasdan uchratmas, degan ta’rif yodga tushadi. To‘y kuni Kim turmush o‘rtog‘iga selfilari jamlangan kitob sovg‘a qilgan.
Krishtianu Ronaldu

Ronaldu doim o‘zini eng zo‘r futbolchi ekanini va bunga o‘z mehnati sabab erishganini ta’kidlaydi. “Erishgan natijalarimni inobatga olib, o‘zimni eng yaxshi deb hisoblayman. Yetakchi sportchilar o‘zlari shug‘ullanadigan sport turiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning kabi men ham futbolga juda katta ta’sir o‘tkazdim deb o‘ylayman”, — deydi Ronaldu.
Konor Makgregor

“Krishtianu eng zo‘r, mendan keyin, albatta”, —deydi Konor. Ikki vazn toifasi bo‘yicha UFC sobiq chempioni Konor nafaqat o‘zining yo‘nalishida, balki sport olamida ham o‘zini eng zo‘r sportchi deb hisoblaydi.
Beyonse

Beyonse o‘zini yaxshi ko‘rish kerakligini berkitmaydi. Uning fikricha, o‘zini yaxshi ko‘rgan insonni boshqalar ham yaxshi ko‘radi. Xonandaning o‘ziga juda ham bino qo‘yganligini hamkasblari va tanishlari ham ta’kidlaydi.
Ledi Gaga

Xonanda hamisha boshqalardan ajralib turishni va diqqat markazida bo‘lishni yaxshi ko‘rishini u kiyadigan liboslardan ham bilsa bo‘ladi. O‘ziga yuqori baho beradi, deb ta’riflanadigan Beyonse o‘zi qolib, Ledi Gagani o‘ziga bino qo‘yganlikda ayblaydi.
Jastin Biber









