• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Dadaxon Haydarovning advokati va Farg‘ona viloyat prokuraturasi blogerning hibsga olingani yuzasidan izoh berdi

    May oyida So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar ortidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida bir nechta fuqaro hibsga olingani haqida xabar berilgandi.

    Dadaxon Haydarov.

    Dadaxon Haydarov.
    Foto: “Gazeta.uz”

    Keyinchalik ular orasida bosh vazir bilan uchrashuvda viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning iste’fosini so‘ragan bloger Dadaxon Haydarov (Haydarjon Bobohaydarov) ham borligi ma’lum bo‘ldi.

    Blogerning to‘satdan g‘oyib bo‘lib, buning ortidan otasi “Gazeta.uz”ga o‘g‘lini 22-avgust kuni vertolyotda boshiga qop kiydirib olib ketishgani haqida aytgach, jamoatchilikda ko‘plab savollar paydo bo‘ldi.

    Bosh prokuratura Haydarjon Bobohaydarovning hibsga olinganidan 8 kun o‘tib, bu haqda axborot berdi. Unda Bobohaydarov jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, Jinoyat protsessual kodeksining 226-moddasi (ushlab turilganlarni saqlash joylari) tartibida ushlangani aytiladi.  30-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda blogerning onasi Aziza Eraliyevaning ochiq murojaati paydo bo‘ldi. Unda ona Prezidentdan farzandini afv etishni so‘ragan.

    “Kun.uz”ning yozishicha, nashr muxbiri Farg‘ona shahrida bo‘lib, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i va blogerning advokati bilan suhbatlashgan.

    Farg‘ona viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Alisher Boboxo‘jayev holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilgan.

    “2020-yilning may oyida So‘x tumanining Chashma qishlog‘ida Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan. Ommaviy tartibsizliklarning oldini olish va aholini tinchlantirish maqsadida hodisa joyiga yetib borgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va hokimlik vakillariga O‘zbekiston fuqarolari tomonidan faol qarshilik ko‘rsatish holatlari sodir etilgan. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan 2020-yil 1-iyun kuni Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 244-moddalari (ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Tergov harakatlari davomida “Dadaxon” taxallusi bilan tanilgan Haydarjon Bobohaydarov ommaviy tartibsizliklar vaqtida faollik ko‘rsatib, hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatishda ishtirok etganlik holatlari bo‘lgani sababli ushbu fuqaro jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

    Ushlab turish muddati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining ajrimi bilan Jinoyat protsessual kodeksining 226-moddasi tartibida 10 sutkaga uzaytirilgan. Hozirda Haydarjon Bobohaydarovga ayb e’lon qilish bilan bog‘liq holatlar tekshirilmoqda. Ushbu masala tergov harakatlari davomida hal qilinadi”, – degan Alisher Boboxo‘jayev.

    Prokuratura vakili gumonlanuvchining IIB xodimlari tomonidan boshiga qop kiydirib, olib kelinganini rad etdi. Shuningdek, uning salomatligidan shikoyat kelib tushmaganini bildirdi.

    “Bobohaydarov Haydarjon Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasida saqlanmoqda. Hibsxonada kuzatuv kameralari o‘rnatilgan”, – degan prokuratura rasmiysi.

    Haydarjon Bobohaydarovning advokati Hamidaxon Abdunazarovaning so‘zlariga ko‘ra, himoyasi ostidagi shaxsga nisbatan to‘plangan dalillar yetarli emas va hozircha unga taqdim etilmagan.

    Advokat blogerning yaqinlari bilan himoyaga oid shartnoma imzolagach, 29-avgust kuni viloyat IIB huzuridagi vaqtincha saqlash hibsxonasida bo‘lib, u bilan suhbatlashgan. Abdunazarova shu suhbatda olgan ma’lumotlari asosida jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmagani, Bobohaydarov hozircha ishda faqat gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etayotgani, uning hibsga olinishi bilan bog‘liq protsessual tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlarda mijoziga nisbatan biror-bir qonun buzilishi holati yuz bergani aniqlamaganini aytgan.

    Shuningdek, advokat blogerning hibsga olinishiga uning So‘x voqealari vaqtida bosh vazirga viloyat hokimini lavozimidan olish haqida taklif kiritganining aloqasi yo‘qligini, himoyasi ostidagi shaxs boshiga qop kiydirib, olib ketilgani haqida hech narsa demaganini bildirdi.

    Abdunazarovaning qo‘shimcha qilishicha, himoyasi ostidagi shaxs biror tazyiq yoki tan jarohati yetkazishga oid holatlardan shikoyat qilmagan bo‘lsa-da, hibsxonadagi yotoq sharoitidan noligan: unga yotishi uchun matras berilmagan. Hibsxona ma’muriyati esa buni ichki tartibga muvofiq ikki qavatli yotoqning ikkinchi qavatida yotadiganlarga matras berilmasligi, ularning sog‘lig‘ini saqlash uchun shunday yo‘l tutilishi bilan izohlagan.

    “Prokuratura haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida jinoyat ishining boshqa tafsilotlari oshkor qilinmasligini aytmoqda”, – deyiladi “Kun.uz” xabarida.

    31.08.2020, 07:12   Izoh (0)   49752
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 30-avgust kuni 368 kishida koronavirus aniqlandi. Yetti kishi vafot etdi

    31.08.2020, 00:20

    Oliy ta’lim vazirligi: rektorlar abituriyentlarga SMS yuborib, ular bilan muloqot qilmoqda

    30.08.2020, 23:51

    “O‘zgidromet” O‘zbekistonda sentabr oyida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi

    30.08.2020, 23:35

    Xitoydan kelgan 30 ta avtobus Qarshida yo‘lovchi tashishni boshladi. Birinchi yo‘lovchilar viloyat rahbarlari va faollar bo‘ldi

    30.08.2020, 23:20

    O‘zbekistonda maktablarga qariyb 10 ming nafar tibbiyot xodimi safarbar qilindi

    30.08.2020, 22:55

    Namangan—Andijon—Marg‘ilon—Qo‘qon elektrlashtirilgan halqa temiryo‘li ochildi

    30.08.2020, 22:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.