Og‘ir vazn toifasida WBC vaqtinchalik chempioni Aleksandr Povetkin (36-2-1, 25 KO) ukrainalik bokschi Oleksandr Usikka (17-0, 13 KO) qarshi jang qilishi borasidagi xabarlarga sharh berdi.
“Usik — juda yaxshi yigit. Ammo nima uchun jang qilishimiz kerak, uning o‘z yo‘li bor, meni o‘z yilim.
Agar dunyo bo‘yicha faqat ikkimiz bokschi bo‘lganimizdagina jang qilishimiz mumkin edi, biroq jahonda boshqa bokschilar ko‘p. Shunday ekan biz Usik bilan jang haqida o‘ylamayapmiz”, — deydi Povetkin.
Eslatib o‘tamiz, Povetkin 23-avgust kungi boks kechasida Uaytni nokautga uchratib, WBC chempionlik kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi.
Avvalroq Povetkin va Uayt o‘rtasida revansh jangi o‘tkazilishi xabar qilingandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)