20-avgust kuni Olmaliqdagi “Metallurg” sport majmuasining stadionida Moskva po‘lat va qotishmalar institutining (“MISiS”) Olmaliq filialiga kirish imtihonlari o‘tkazildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bergan.

Foto: “MISiS” filiali axborot xizmati

Filialga kirish uchun imtihonlar 20—22-avgust kunlariga belgilangan, abituriyentlar matematika, fizika, informatika hamda rus tili fanlaridan yozma tarzda imtihondan o‘tkaziladi.

Foto: “MISiS” filiali axborot xizmati

Sport majmuasining umumiy maydoni 7 gektarni tashkil etadi, imtihon o‘tishi rejalashtirilgan maydonning parametrlari 70 metrga 90 metr. O‘yingohga kirish joylari 5 ta, shundan ikkitasidan imtihon paytida qo‘llaniladi. Shuningdek, kirish yo‘llariga ikkita dezinfeksiya tunneli o‘rnatilgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Xabarga ko‘ra, imtihonlar vaqtida abituriyentlar bir kishidan, o‘zaro oraliq masofani 2 metr qilib joylashtirilgan. Imtihonlarning yuqori saviyada o‘tkazilishida karantin qoidalariga rioya etilishi, bevosita “OKMK” AJ hamkorligida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ga asosan tashkil etilgan.

Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali uchun 2020/2021-o‘quv yilida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha belgilangan qabul kvotasi 250 tani tashkil etadi. Filial tomonidan 2020-yilning 20-iyunidan 31-iyuligacha masofaviy tarzda 1309 nafar abituriyentdan hujjatlar qabul qilingan. Ro‘yxatdan o‘tganlar soni kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 790 nafar, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 519 nafarni tashkil etadi.

“MISiS”ning Olmaliq filialida Metallurgiya (metall texnologiyasi), Avtomatlashtirish va texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) hamda Konchilik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari 2-sentabrda boshlanadi va ikki hafta davom etadi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati “MISiS” — xalqaro universitet filiali bo‘lgani sababli imtihon kunini xorijiy hamkori bilan kelishgan holda belgilaganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 91 ta oliy ta’lim muassasasi va filiallarda ta’limning bakalavriat yo‘nalishiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2020-yil 2-sentabrdan boshlanadi va 12 kun davom etadi. Har kuni 2 bosqichda tashkil etiladi. Sinovlar o‘tkaziladigan joylarning barchasi videokuzatuv kameralar bilan jihozlanadi. Abituriyentlarga antiseptik vositalar, qo‘lqop, niqob, bosh kiyim bepul beriladi.

Xavfsizlikni ta’minlashga Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari, turg‘un va qo‘lda olib yuruvchi metallodetektorlar, transport va aloqa vositalari hamda xizmat itlari jalb etiladi.  Favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida har bir kuchishlatar tizimida xizmatga jalb etish uchun zaxira kuchlari shakllantiriladi.