“Buxoro” bosh murabbiyi Jamshid Saidov Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida “Surxon”ga qarshi kechgan o‘yindagi (1:0) g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Birinchi galda yigitlarni va jamoamizni mavsumdagi birinchi g‘alaba bilan tabriklayman. Oxirigacha kurashamiz, bizga har bir turda g‘alaba kerak. Futbolchilarga va bizni Buxoroda turib qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildirib qolaman.“Buxoro” 11-turga kelib 6 ochko jamg‘arishga erishda va jamoa 14-o‘rinda bormoqda. Buxoroliklar keyingi turda “Mash’al”ga qarshi o‘ynaydi.Ha, vaziyatlardan foydalanish darajamiz past. Ko‘p vaziyatlar yaratyapmiz, lekin gol ura olmayapmiz. Xatolar ustida ishlaymiz, tahlil qilamiz. Yosh futbolchilar o‘yindan o‘yinga kuchayib boradi.
Jamshid Saidov, “Buxoro” bosh murabbiyi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)