AQSh sobiq prezidenti Barak Obama mamlakatda koronavirusdan vafot etgan 170 ming kishining o‘limi prezident Donald Trampning noprofessionalligi sabab yuzaga kelganini bildirdi. Bu haqda u Demokratlar partiyasi qurultoyida ma’lum qilgan.

Foto: Getty Images

“Donald Tramp bu lavozim uchun hali o‘sib yetmagan, chunki u buni eplay olmaydi. Uning bu lavozimdagi muvaffaqiyatsizliklarining oqibatlari jiddiy bo‘lib, 170 ming amerikalik vafot etdi. Millionlab ish o‘rinlari yo‘qotildi. Eng yomon tomonlarimiz namoyon bo‘ldi, obro‘yimiz va qadr-qimmatimiz butun dunyoda kuchli jabr ko‘rdi, demokratik institutlarimiz esa har qachongidan ko‘ra ko‘proq xavf ostida qoldi”, — deya ta’kidlab o‘tgan Obama o‘z nutqida.

Sobiq prezident Tramp “ushbu ishni jiddiy qabul qilishidan” umidvor bo‘lganini, biroq u bunday qilmaganini bildirgan.

“U mazkur ishga qiziqish bildirmadi, unda o‘zi va do‘stlaridan boshqa insonlarga yordam berishda ajoyib ofisini kuchini tutashtiruvchi nuqtalarni qidirishga bo‘lgan qiziqish yo‘q”, — deydi Obama.

Sobiq prezident noyabrdagi prezident saylovlarida demokratlardan nomzod bo‘ladigan Jo Bayden qo‘llab-quvvatlab, uning afzal tomonlarini sanab o‘tgan va uni “hammadan yaxshi” deb atagan. Uning ta’kidlashicha, Bayden AQShdagi “alg‘ov-dalg‘ov, notinch zamon”ga chek qo‘ya oladi.

Avvalroq AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden prezidentlik kampaniyasida Demokratik partiyadan qatnashayotgan Kaliforniya senatori Kamola Harrisni vitse-prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatgan edi.