• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Senat qo‘mitasi raisi kontrakt chegirmalarini talabalarning moddiy ta’minoti darajasidan kelib chiqib belgilashni taklif qildi

    Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori bo‘yicha kunduzgi o‘qiydigan talabalarga 10 foiz chegirma berilishi ijtimoiy tarmoqlarda keng munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov bu boradagi fikrlarga munosabat bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Uning ta’kidlashicha, pandemiya sharoitida ta’limning masofaviy tashkil etilishi uning sifatiga ham salbiy ta’sir etmoqda. Avvallari ishlab yoki mardikorchilik qilib o‘qishiga pul to‘layotgan talabalarning ko‘pchiligi hozir ishlaridan ham ayrilgan. Shu sharoitda kontrakt to‘lovidan 10 foiz chegirma berilishi juda kam, deb baholanmoqda va 30-40 foiz chegirma bo‘lishi lozimligi ko‘rsatilmoqda.

    “Ijtimoiy tarmoqlarda hattoki, to‘lov-kontrakt miqdori ta’lim sifati bilan o‘zaro bog‘lab ko‘rsatilib, o‘qitish sifati pastligi natijasida mamlakatning birorta oliy ta’lim muassasasi dunyo miqyosida Top-1000 ga kirmaganiga ham urg‘u berib o‘tilmoqda, shuningdek, mazkur holatga davlat idoralari va deputatlar loqayd munosabatda bo‘lmoqdalar, deb aytilmoqda”, — deydi qo‘mita raisi.

    Odiljon Iminovning bildirishicha, belgilangan kontrakt miqdori o‘qitishning minimal xarajatlarini ham qoplay olmayotganiga qaramasdan (o‘rtacha 68 foizi qoplanmoqda) amaldagi kontrakt miqdori bo‘yicha barcha talabalarga 10 foiz chegirma berilishini ijobiy baholash lozim.

    Shuningdek, yetim, chin yetim, nogiron bo‘lgan talabalarga va “temir daftar” ro‘yxatidagi oiladan bo‘lgan talabalarga kontrakt to‘lovlarini qoplash uchun manzilli moddiy yordam berib, 4 million so‘mgacha moliyaviy yordam ko‘rsatilishi belgilangan. Qurolli kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan talabaga esa shartnoma miqdorining 35 foizi to‘lab beriladi.

    “Shu o‘rinda, barcha talabalarning moddiy ta’minoti darajasidan kelib chiqib, ularga kontraktdan chegirmalar belgilashni tabaqalashtirilgan usulda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi, deb hisoblaymiz. Chunki ayrim talabalar uchun ularning moddiy holatiga nisbatan nafaqat chegirma miqdori, balki butun kontrakt miqdori ham sezilarli ta’sir etmagani holda, boshqalari uchun kontraktning 10 foizini to‘lash ham hozirgi sharoitda og‘irlik qilishi mumkin”, — deydi senator.

    Odiljon Iminov pandemiya sharoiti, shuningdek, ta’lim tizimidagi, ayniqsa uning boshqaruv mexanizmidagi qator kamchiliklarni ko‘rsatib qo‘yganini qayd etdi. “Nega endi kontrakt summalarini va unga chegirmalarni vazirlik belgilashi kerak? Axir, bu vazifa mustaqil yuridik shaxs sifatida faoliyatini yurituvchi — ta’lim muassasasi rahbariyatining o‘z moddiy imkoniyatlaridan kelib chiqadigan vazifasi bo‘lishi kerak emasmi? Faqat ijtimoiy nuqtayi nazardan chegirmalar uchun mablag‘lari yetishmagani holatdagina ta’lim muassasasi rahbariyati subsidiyalar uchun vazirlikka murojaat etishi lozim, deb hisoblaymiz”, — deydi Senat qo‘mita raisi.

    Ma’lumot uchun, to‘lov-kontraktga 10 foizlik chegirma faqat davlat oliy ta’lim muassasalariga taalluqli. Nodavlat yoki xususiy oliy ta’lim muassasalari, xususan, Vestminster, Inha, Turin politexnika, MDIS, Yodju, AKFA, TEAM, Vebster kabi OTMlar to‘lov-kontrakt miqdorini o‘zi mustaqil belgilaydi va ularda chegirma yoki boshqacha tarzdagi imtiyozlar berish tartibi boshqacha. Ushbu chegirma haqidagi e’lon ularga taalluqli emas.

    Mavzuga doir: 

    • Talabalarga berilgan to‘lov-kontraktga 10 foiz chegirma stipendiyasiz miqdorga nisbatan hisoblanadi
    • O‘zbekistondagi 35 ta universitetda birinchi o‘quv yili kredit-modul tizimi asosida olib boriladi

    18.08.2020, 18:32   Izoh (0)   25716
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxorolik mansabdor 7 yil oldin olgan porasini qaytarayotgan paytida qo‘lga olindi

    18.08.2020, 18:09

    O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun 10 nafar xitoylik mutaxassis keladi

    18.08.2020, 17:57

    O‘zbekistonda bu yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlarning ota-onalari uchun alohida kutish joylari tashkil qilinmaydi

    18.08.2020, 17:07

    17-avgustni Toshkent shahri kuni deb belgilash taklif etildi

    18.08.2020, 16:34

    Shavkat Mirziyoyev akademik Muhabbat Abidova vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    18.08.2020, 16:08

    Toshkentda mayyitni o‘likxonadan chiqarish evaziga 200 dollar talab qilgan sudmedekspert ushlandi

    18.08.2020, 15:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.