So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12280.01
    • RUB 138.69
    • EUR 13415.91
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +13°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Yevropa parlamenti Lukashenkoga Persona non grata maqomini berdi va Moskvadan Belarus ishlariga aralashmaslikni so‘radi

    17.08.2020, 19:34 22199

    Yevropa parlamentining yetakchi partiyalari rahbarlari Belarusda yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga, tinch namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlik holatlarini tergov qilishga va siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi. Bu haqda European People’s Party xabar qildi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “Biz Belarus xalqini jasurligi va qat’iyati uchun olqishlaymiz va ularning demokratik o‘zgarish va ozodlikka bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari na erkin, na adolatli bo‘lgan. Ishonchli hisobotlar Svetlana Tixanovskayaning g‘alabasidan dalolat beradi. Shuning uchun biz Aleksandr Lukashenkoni Belarusning qayta saylangan prezidenti sifatida tan olmaymiz va uni Yevropa Ittifoqida Persona non grata deb bilamiz”, — deyiladi tomonlar qo‘shma bayonotida.

    Yevropa parlamenti vakillari Rossiya rasmiylarini Belarus ishlariga yashirin yoki oshkora har qanday aralashuvdan tiyilishga chaqirdi, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan Rossiyaning ushbu yo‘nalishdagi har qanday harakatlariga qarshi chiqishni so‘radi.

    Shuningdek, bayonot mualliflari, YeI davlatlari tashqi ishlar vazirlarining Belarusdagi prezident saylovlarini soxtalashtirish va bunda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi hamda iloji boricha tezroq sanksiyalar ro‘yxatini tuzishni so‘radi.

    Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 17-avgust kuni mamlakatda yangi prezident saylovlari o‘tkazilmasligini aytdi.

    “Meni o‘ldirmaguningizcha, boshqa saylovlar bo‘lmaydi”, — dedi Lukashenko.

    Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.

    Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10,09 foiz ovoz olgan.

    Natijalar e’lon qilingach, Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi.

    Telegram messenjeri 15-avgust kuni Belarusdagi saylovlar borasida rasmiy kanalini ishga tushirdi. So‘rovnomada qatnashganlarning yarmidan ko‘pi Svetlana Tixanovskayaga ovoz berganliklarini belgilagan. Tixanovskayaning o‘zi esa milliy yetakchi bo‘lishga tayyorligini bildirdi.

    Mavzuga doir:

    • Lukashenko Belarusni o‘limidan keyin ham hech kimga bermoqchi emas
    • Minskdagi zavod ishchilari Lukashenkoni “Ket!” deya kutib oldi. Lukashenko: “Ket deb baqiraveringlar”, dedi va ketdi
    • Dunyo shaharlarida o‘tkazilgan belaruslarni qo‘llab-quvvatlash aksiyasi — suratlarda

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha yana bir guvoh ayblanuvchi sifatida qamoqqa olindi. U tergov qilinayotgani uchun sud bir oy muddatga tanaffus e’lon qildi

    Bugun, 15:41

    Uzbekistan Airways bilan Pxuketda rohatbaxsh ta’til

    Bugun, 15:00
    Reklama

    Isroil butun dunyodagi HAMAS yetakchilarini topib, o‘ldirishga tayyorlanmoqda — WSJ

    Bugun, 15:30

    O‘zbekistonda dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi

    Bugun, 15:23

    Strategik islohotlar agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi

    Bugun, 14:54

    Toshkentdagi xususiy bog‘chada bolaga tan jarohati yetkazildi (video)

    Bugun, 14:44

    ATB “Tenge Bank” The Banker xalqaro moliya jurnali tomonidan O‘zbekistonning yaxshi banki deb topildi

    Bugun, 13:30
    Reklama

    G‘azoda sulh buzilganidan keyin Isroil zarbalaridan yana o‘nlab falastinliklar halok bo‘ldi (video)

    Bugun, 14:37

    Fuqarolik jamiyati institutlarini urg‘ulagan Martin Chungong, natijalardan qoniqmayotgan Senat raisi, nanotexnologiyalarni taviya etgan Ram Aer — Parlamentlararo I...

    Bugun, 14:28

    Zelenskiy Rossiya bilan urush yangi fazaga o‘tayotganini ma’lum qildi

    Bugun, 13:49

    Humo to‘lov tizimining ustav kapitalidagi davlat ulushi to‘liq Davaktiv agentligiga o‘tkaziladi

    Bugun, 13:39

    FIDE Rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik shaxmatchilar ro‘yxati e’lon qilindi

    Bugun, 13:22

    Tavsiya etamiz

    “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha yana bir guvoh ayblanuvchi sifatida qamoqqa olindi. U tergov qilinayotgani uchun sud bir oy muddatga tanaffus e’lon qildi

    15:00 / 01.12.2023

    Yesa bo‘ladigan itlar uyushmasi, hordiq chiqarayotgan Isroil askarlari, ko‘cha rassomining ko‘rgazmasi — 30-noyabr suratlari

    23:00 / 30.11.2023

    Chevrolet Onix avval mavjud bo‘lmagan pozitsiyalari sotuvda paydo bo‘ldi

    22:00 / 30.11.2023

    Foto: Namanganda qish arafasida pishgan anjir

    19:00 / 30.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.