Belarusda 9-avgust oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi, deya xabar bermoqda Meduza.

Toshkent vaqti bilan 23:59 holatiga ko‘ra, “Belta” davlat axborot agentligi, eng yirik mustaqil portal — “Tut.by”, shuningdek, “Nasha niva”, “Onlayner”, “Belorusskiy partizan” kabi OAVlarning saytlari ochilmayotgan edi.

“Mediazona”ning qayd etishicha, poytaxt Minskda Uber va “Yandeks.Taksi” xizmatlari ishlamay qolgan. Qayd etish joiz, 9-avgust kuni kunduzi Belarusda messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar faoliyatida ayrim nosozliklar yuz berayotgani haqida xabar berilgan edi.