Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Belarus prezidentligiga o‘tkazilgan saylovlarida Aleksandr Lukashenkoga raqiblik qilgan Svetlana Tixanovskaya mamlakat fuqarolariga yangi videomurojaat yo‘lladi, deb xabar beradi Meduza.

Kadr: YouTube
Qadrdon va sevimli belaruslarim! Hozirda mamlakatimiz va barchamiz o‘z tariximizda shafqatsizlik qahramonlik bilan, umidsizlik — jasorat, sevgi esa — xiyonat bilan chegaralangan juda qiyin davrni boshdan kechiryapmiz. Ushbu davrda biz o‘z tanlovimizni amalga oshirishimiz kerak. Bu bizdan vaqt talab qiladi.

Qahramonlarimizni ko‘mayotgan shunday bir paytimizda men sizlar bilan birga yig‘lamoqdaman. Bu mamlakat uchun misli ko‘rilmagan yo‘qotish. Aybsiz o‘ldirilgan yoshlar. Biz ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Kelajakda ularning nomi bilan, albatta, ko‘chalarni nomlashimiz kerak. Ularning yodi doimo xotiramizda qoladi.

Menda o‘zimning siyosiy karyeram borasida hech qachon puch xayol bo‘lmagan va yo‘q. Men siyosatchi bo‘lishni istamadim, biroq taqdir meni o‘zboshimchalik va adolatsizlikka qarshi kurashning eng oldingi chizig‘iga qo‘yib qo‘ydi. Taqdir va menga ishongan — sizlar. Sizlar menga kuch berdingiz. Hozirda har daqiqa sizlarning jasoratingiz, tashkilotchiligingiz va naqadar kuchli hamda porloq ekanligingizdan hayratlanyapman.

Sizlar menga o‘z ovozingizni berdingiz, men buni juda qadrlayman, buni nima sababdan amalga oshirganingizni juda yaxshi bilaman. Barchamiz 26 yil oldin kirib qolgan ushbu cheksiz halqadan chiqishni istaymiz. Men mamlakat tinchlanishi, normal hayot tarziga qaytishi, barcha siyosiy mahbuslarni ozod etish va qisqa muddat ichida yangi prezidentlik saylovlari uchun qonunchilik bazasi va sharoitlarini yaratishda mas’uliyatni o‘z zimmamga olib, mazkur davrda milliy yetakchi sifatida chiqishga tayyorman.

Svetlana Tixanovskaya 

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.

Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10,09 foiz ovoz olgan.

Natijalar e’lon qilingach, Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Muvaffaqqiyatga erishishidan avval o’zaro do‘st tutingan mashhurlar (foto)
Mahalliy
“Mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi”. Zafar Hoshimov hokimlarning xalq deputatlari kengashlariga rahbar bo‘lishi masalasi haqida
Mahalliy
Chilonzorda yo‘l kengaytirish ishlarida 101 tup daraxt ildizi shikastlangan — Davlat ekologiya qo‘mitasi