Ijtimoiy tarmoqlarda Belarus maxsus xizmat xodimlari chiqindi idishlarga o‘z formalari va ajratuvchi belgilarini tashlab, mamlakatda tinchlik namoyishchilariga nisbatan kuch ishlatilayotganiga shu orqali nozorilik bildirgani tasvirlangan videomurojaatlar tarqaldi.

Foto: Instagram

“Men hozirda odamlarni urib, mayib qilayotgan qo‘shinlarda xizmat qilganimdan juda ham uyatdaman”, — deydi harbiylardan biri.

“Men o‘z xalqimni himoya qilish bo‘yicha qasam ichgan va hozirda sodir bo‘layotgan tartibsizliklardan uyalib ketyapman”, — deydi yana bir videomurojaat muallifi.

“Belarus birodarligi, Belarus ‘spetsnaz’i endi yo‘q”.

https://www.instagram.com/p/CDzFgpBl-UW/?utm_source=ig_embed

“Qayerda xizmat qilganim bilan faxrlana olmayman, formani kiyish yoki uyda ham saqlay olmayman”.

https://www.instagram.com/p/CDyv6PVDR8z/?igshid=yfkf4d5aumi

Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi.

Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 9,9 foiz ovoz olgan.